
9-sinf qizning hikoyasi)
- Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku
uxlamaysizmi? Soat ham uchdan ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib
qöyamiz.
- Qizim, sen uxlayver, men hozir
bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan,
shuni tugatsak ertalab azonda topshirib,
puliga 2 ta yangi kelgan 'buxanka'
non olib kelasan, xöp qizim. Singling och uxlab qoldida....
- Yöq, oyi nega, kechqurun hammamiz
yahshi ovqatlandikku!
- Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali yahshi inson bölasizlar, katta odam bölsanglar
dasturxonimiz yana tökin böladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yahshi
bölmadida,
uxlaganinglardan söng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non bering deb söradi....
- ( Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali
maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydida hali, oyimdan köp narsa söraydi, bilmaydida biz hamma kabi emasmiz. Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini,
oyimning tunlari uxlamasdan tön qavib chiqishlarini, bizni öylab siqilishlarini
bilmaydida....
Bög'zimga öt qadaldi,
oyim ohirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham tortmasdan,
uxlamasdan pul topish uchun harakat
qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam.... Ötgan kuni yig'lab ötirgan ekanlar,
qöllariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qöllari qavarib ketgan bu
azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar,
shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang
kelsalar hammasi yahshi bölib ketadi deb bizni ovutsalarda,
özlarini özlari aldayotganliklarini
biladilar, biz ham bilamiz dadam endi
kelmaydilar, ötgan 5 yil ichida u yerlarda
yangi oilali bölib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham
ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay)....
- Singling yosh hali, uni xafa qilma, u senga eng mehribon inson böladi,
sizlar ham anchadan beri yahshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi nonushta qilib
beraman, uxlay qol qizim....
- ( Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman,
Oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida
nina, tizzalari ustida tönning yeng qismi,
bir bölakkina öchay deb qolgan sham
yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga
tikilib ötirgandilar,
yugurib bordim, qöllari muzdek,
etim jimirlab ketdi....
Ohirgi ayta olgan sözim shu böldi....)
- Oyi, oyijon, közizni oching. Men tez katta qiz bölaman, faqat
iltimos, bizni tashlab ketmang....


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев