
etar!
Sen qaydanam bilarding
dardim.
Shuncha kuydim ishqingda,
yetar.
To'ydim netay? tugadi sabrim.
Qiynoqlaringga chidolmayman.
Ortiq yo'qdir mening
bardoshim..!
Seni balki unutolmayman,
Ey bevafo, ey bag'ritoshim.
Afsusdaman, nadomatdaman!
Ko'ngil qo'ygan o'zimman axir.
Yuragim voz kechmaydi sendan,
Qismat ekan, ekan-da taqdir.
O'zga qo'llar gul tutsa senga!
Sen baxtiyor, men bedor edim.
,,Xayr'' deb ham ketmading
menga,
So'zlaringga qancha zor edim.
Armon bo'lgan yolg'on
sevgingdan,
Dilimda bir ketmas dog' qolar.
Tanam tonar tobora jondan...
Oshiq yurak o'tlarda yonar.
Menga orzu edi visoling.
So'zlaringdan ko'nglim edi to'q.
Endi o'zga yoningda yoring,
Baxt tilashdan o'zga choram
yo'q!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев