
(Gözal hikoya) Qiz juda sohibjamol edi. Boshqa
qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh bilan
boqardi. 19 yoshli gözal qizni tabiiy ravishda
sevuvchilar ham bisyor edi. Lekin uni atrofdagi
yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha va
betakror sevgini kutardi. Yuragining tub-tubidan
uning kelishini ham his etib turardi. Shunday
kunlarning birida darsga keldi-yu, partasining ustida
turgan qip-qizil atirgulni kördi. Gul bandiga
biriktirilgan qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi:
"Hayot gözal..." Negadir qizning lablarida tabassum
uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat
takrorlandi. Qip-qizil atirgul va doimgi bir xil
dastxat... Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga
judayam qiziqardi... Kunlarning birida qiz uyqudan
uyg'onib, derazadan köchaga qaradi va birdan
özgacha hayajonlanib ketdi. Röparadagi
dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda
katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz
ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat
tagiga ösha sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot gözal..."
Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning
özini kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar
orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim
öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu
tabassumi uni yanada jozibador körsatardi. Qiz öziga
yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar,
chindan unga hayot judayam gözal körinardi. (davomi
komentda)


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3
velosipedda sayrga chiqqan qiz
musaffo havo va xiyobondagi
yashil gözallikdan zavqlanardi.
Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan
chiqib ketib, qiz töxtashga
majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan
velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz.
- Arzimaydi.
Yigit öz velosipediga ötirib,
qanaqadir yoqimli kuyni xushtak
qilib chalganicha qizdan
uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan
bir zum termulib qoldi...
Qizga atirgullar kela boshlaganiga
bir oydan oshgandi. Lekin, qiz
haligacha ösha sirli yigitning
kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u-
bu ishlar b...ЕщёBahor tonglarining birida
velosipedda sayrga chiqqan qiz
musaffo havo va xiyobondagi
yashil gözallikdan zavqlanardi.
Lekin velosiped g'ildiraklarini
harakatlantiruvchi zanjir örnidan
chiqib ketib, qiz töxtashga
majbur böldi. U zanjirni joyiga
örnatishga urinardi-yu buni hech
eplolmasdi.
- Balki yordamim kerakdir?
Qiz yoniga kelib töxtagan
velosipedli yigitga qaradi.
- Yöq, özim...
- Mana bunday qilish kerak, - yigit
qizning velosipedi zanjirini
örniga qöydi, - Ana böldi.
- Rahmat!
Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi.
Yigit böy-basti kelishgan,
körkamgina yigit edi. "Ayniqsa
kulishi öziga juda yarasharkan",-
öylardi qiz.
- Arzimaydi.
Yigit öz velosipediga ötirib,
qanaqadir yoqimli kuyni xushtak
qilib chalganicha qizdan
uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan
bir zum termulib qoldi...
Qizga atirgullar kela boshlaganiga
bir oydan oshgandi. Lekin, qiz
haligacha ösha sirli yigitning
kimligini bilolmasdi.
Shunday kunlarning birida qiz u-
bu ishlar bilan ushlanib, judayam
kechga qolib ketdi. Aksiga olib
havoning avzoyi buzuq, kuchli
momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz
taksi ushlash maqsadida kollej
yonidagi bekatga kelganida
allaqachon öta shiddatli yomg'ir
boshlangandi. Uyi yaqin-u
bunaqa paytda yolg'iz ketishga
ham qörqib turgandi. Kamiga
bekatda hech kim yöq, osmonni
qoplagan qop-qora bulutlar
atrofni yanada qorong'u
körsatardi. Hammasidan
momaqaldiroqning vahimali
ovozi qizni chöchitardi.
Shu mahalda unga tanish, yoqimli
ovoz eshitildi:
- Balki yordamim kerakdir?
Bu ösha tongdagi velosipedli yigit
edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha
yigitni yana körganligi uchunmi
yoki boshqa sababdanmi özi ham
bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini
aytmadi:
- Yöq, özim ...
Yigit ham jilmaydi:
- Yomg'ir hali-beri tinmaydi.
- Nima, meni mashinangizda
uyimgacha kuzatib
qöymoqchimisiz?
- Menda yaxshiroq fikr bor.
Yigit shoshib qayergadir yugurib
ketdiyu, zumda qaytib keldi:
- Xösh, qalay?
Qiz yigitning qölidagi oq va
pushti rangli soyabonlarni körib
jilmaydi.
- Bahor oylarida yomg'ir mahali
piyoda yurish zavqli,- dedi yigit.
Ular yonma-yon ketib
borisharkan, qiz öziga
yuborilayotgan gullarning sohibi
shu yigit ekanligini öylay
boshladi. Buni tekshirib körish
uchun yigitga savol berdi:
- Siz yölingizda uchragan har bir
qizga shunaqa yordam qilasizmi?
- Har biriga emas ... hammasiga.
Ular kulishdi. Qiz uyi tomon
ketishayotganda ikki tomonga
ketgan köchaning yigit qaysi
tarafga burilishiga juda
qiziqayotgandi. Muyulishda yigit
qizning uyi taraf burilgach, qiz
sevindi. "Bu ösha yigit", - öylardi
u.(davomi bor)
- Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi tarafda
shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek javob
berdi yigit.
- Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi
qiz, - aytingchi, hayotni qanday
ta'riflaysiz?
- Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt uchun noörin savol,- kuldi
yigit.
Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi.
- Buyog'iga özim ketaman, sizga
katta rahmat.
- Soyabon sizda qola qolsin,
menga oq ranglisi köproq yoqadi.
"Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi
qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham bilarkan!"
- Mayli xayr, - yigit ortga ön
qadamlar tashlagach qiz uni
töxtatdi:
- Hey!
Yigit ögirilib qaradi.
- Savolimga javob bermadingiz.
Yigit ösha yoqimli tabassumida
jilmaydi va baland ovozda
baqirdi:
- Hayot gözal!
Qizning yuragi juda-juda tez va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonl...Ещё(davomi)
- Menimcha uyingiz shu tarafda
bölsa kerak. Chunki narigi tarafda
shifoxona va boshqa binolar,
atiga bir-ikki xovli bor.
Adashmasam tög'ri ketyapmiz,-
qizning fikrini öqigandek javob
berdi yigit.
- Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi
qiz, - aytingchi, hayotni qanday
ta'riflaysiz?
- Menimcha bunaqa sharoit va
vaqt uchun noörin savol,- kuldi
yigit.
Ular qizning uyiga
yaqinlashishgandi.
- Buyog'iga özim ketaman, sizga
katta rahmat.
- Soyabon sizda qola qolsin,
menga oq ranglisi köproq yoqadi.
"Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi
qiz, - mening pushti rangni
yoqtirishimni ham bilarkan!"
- Mayli xayr, - yigit ortga ön
qadamlar tashlagach qiz uni
töxtatdi:
- Hey!
Yigit ögirilib qaradi.
- Savolimga javob bermadingiz.
Yigit ösha yoqimli tabassumida
jilmaydi va baland ovozda
baqirdi:
- Hayot gözal!
Qizning yuragi juda-juda tez va
baland urardi. Qiz ayni damda
baland musiqa eshitayotgandek
öz yuragining dukurini eshitib
turardi. U hayajonlanganidan
yomg'irni ham ilg'amasdi. U
tanish yoqimli musiqani xushtak
qilib chalib ketayotgan yigitning
ortidan qarab qoldi...
Ertasi kundan boshlab qizga
negadir gul kelmay qöydi. Qiz
endi juda ham öychan bölib qoldi.
U yigit haqida kun-u tun öylardi.
Xuddi hozir balki yordamim
kerakdir, deb paydo
böladigandek tuyulardi. Lekin
yigitdan ham atirgullardan ham
darak bölmasdi. Shu bir-necha
kun ichida qiz özi bilmagan holda
yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz
sevib qolgandi. Lekin buni hali özi
bilmasdi.
Nihoyat bir kuni ösha kutilgan
ovozni eshitdi:
- Salom!
- Salom, - javob berdi qiz.
- Biroz aylanib kelmaymizmi?
- Bahor oylarida yomg'irsiz
havoda piyoda yurish ham
zavqlimi?
- Albatta.
Ular birinchi marta körishishgan
xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq
mavzularda suhbatlashishdi.
Nihoyat yigit qizga bir dona qip-
qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu
uning bandiga köz yugurtirdi.
Qog'ozcha yöq edi. Savol nazdida
yigitga qaradi. Yigit har
doimgidek kulib turardi.
- Mana u, - yigit qöllarini yozdi.
Uning kaftiga böyoq bilan ösha
dastxat yozilgandi: "Hayot gözal..." (davomi
bor)
Keyingi kunlar xuddi shirin tush
kabi tez ötardi. Qiz yigit sevgi
izhor qilganidan keyin özi ham
uni sevishini anglab yetdi.
Chindan ular u-n hayot judayam
chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy röyo
haqiqatga aylanganidan baxtiyor
edi. Juda ham chiroyli muhabbat
edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis va
chiroyli chizilgandi.
- Nega meni bulutlar orasida
turibman? Söradi qiz.
- Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining...
Lekin öshanda qiz hali özini
oldinda nimalar kutayotganini
bilmasdi...
Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odat...Ещё(DAVOMI)
Keyingi kunlar xuddi shirin tush
kabi tez ötardi. Qiz yigit sevgi
izhor qilganidan keyin özi ham
uni sevishini anglab yetdi.
Chindan ular u-n hayot judayam
chiroyli va zavqli körinardi. Qiz
qachonlardir kutgan hayoliy röyo
haqiqatga aylanganidan baxtiyor
edi. Juda ham chiroyli muhabbat
edi bu...
Yigit rassom edi. Qizga juda
chiroyli tabiat manzaralarini
körsatardi. Qiz xuddi ertaklar
olamiga tushib qolgandek baxt va
sevgidan sarmast yashardi. Yigit
qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz
suratiga qaradi. Judayam nafis va
chiroyli chizilgandi.
- Nega meni bulutlar orasida
turibman? Söradi qiz.
- Chunki sen mening
farishtamsan,- javob berdi yigit.
Har bir kuni gözal edi bu
sevgining...
Lekin öshanda qiz hali özini
oldinda nimalar kutayotganini
bilmasdi...
Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy
uchrashadigan xiyobonga yigit
kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi,
xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan
körishganida yigitning
nimadandir xafaligini payqadi.
Yigit odatdagidek jilmayardi, lekin
bu tabassum ortida juda ham
özgacha mahzunlik sezilardi.
- Nima böldi?
- Hech narsa. Kecha unutibman,
kechir azizam.
Shuncha vaqtdan beri atiga yarim
daqiqaga kechikmagan yigitning
uchrashishlarini unutib qöyishi
mumkinligiga qiz ishonmasdi.
Lekin ösha kuni u hech narsa
demadi.
Keyingi kunlarda ular yana
odatdagidek vaqtlarini
xushchaqchaqlik bilan
ötkazishardi. Lekin qiz negadir
yigitning közlariga boqqanida
yashirin bir ma'noni sezardi.
Yigitning doimgi tabassumi bu
sirni qiz bilib olishiga imkon
bermasdi. Yigit qiz bilan köproq
vaqt birga bölishga urinardi.
Soatlab yonma-yon ötirardilar...
Bir kuni qiz yana uzoq vaqt
xiyobonda yigitni kutib qoldi.
Yigitdan xabar bölavermagach
ketmoqchi böldi. Lekin shu
vaqtda uzoqdan yigit körindi.
- Salom, - dedi yaqin kelgach.
- Nega bunaqa yuryapsiz,
oyog'ingiz og'riyaptimi?
- Ha, jin ursin, velosipeddan
yiqildim.
Ular odatdagidek örindiqqa
ötirgan köyi, quyosh botishini
tomosha qildilar...
Ösha ondayoq qizning yuragi
nimadandir öta g'ash edi. Balki,
ösha kuni qizning yuragi yigit
bilan shunday sönggi bor yonma-
yon ötirganliklarini sezgandir...(davomi
bor)