
qiladi Hayotimda ko‘p xato qilganman,
keyin afsuslanganman va harakat
qilganman, hammasi yaxshi bo‘lgan.
Hammasi yaxshi bo‘lsa, yana muammo
chiqadi. Men uchun hayot shunday, avval xato,
keyin harakat va hammasi
yaxshilikka. Hayot shunday davom
etadi… …Va bir kun farzand yoki nevaralarim
choy damlab kelib, mendan maslahat
so‘raydi. Xatolarimdan ko‘rgan
yaxshiliklarimni aytib beraman… …O‘shanda men daho bo‘lgan
bo‘laman)) Ko‘p harakatda bo‘lgan, ko‘p xato
qiladi. Ertami kech, bir kun qariydi –
daho bo‘ladi. Faqat xato qilmaslik va
qayta xato qilmaslikka intilish kerak! Xato qilinadigan joyda kam xato
qilgan odam ko‘proq omadga
erishadi. Xatosidan xulosa chiqargani
esa hech bo‘lmaganda qariganda
daho bo‘ladi… Xato qilishga hammaning haqqi bor;
chunki hamma bu hayotda va
bugungi kunini birinchi marta
yashayapti… Yurakka bir taskin bu – xatodan dars
olinadi, uni deb siqilib yurilmaydi,
bexato hech kim yashab o‘tmaydi!
Shu taskinni topgan odamning,
xatolari ham bekor ketmaydi… Muhimi xato shunday qolib ketmasin,
undan siqilib umr o‘tmasin va takror
o‘sha xato qilinmasin… Bugungi kuningiz bekor o‘tmadi, xato
bo‘lmadi – mayli bu yurakka bir taskin,
tinch orom olavering. Chunki, ertaga
shu xatoni qilmaysiz))


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
•вir öqiganda γuraкlar•
______•jiz eтadigan•_____
_______еng söngi_____ sтaтusli
guruн кeraкмi
sнunaqa guruнni вilaмan
:::::::::::๑๑๑๑:::::::
ok.ru/group/52017435443329