
o‘tib qolsa, ota-onasiga yozishi
mumkin bo‘lgan so‘zlar Men bilan munosabatingizda
kuchingizni ishlatmang; Bu menga
hisob-kitob faqat kuch bilan hal
qilinishi kerakligini o‘rgatadi. Amalga oshira olmaydigan
ishlaringiz haqida menga va’da
bermang; Bu sizga bo‘lgan
ishonchimni yo‘qotadi. “Sizni yomon ko‘raman” – desam
hafa bo‘lmang, bu haqiqat emas.
Shunchaki menga qilgan ishingiz
uchun afsuslanishingizni istayman. Men o‘zim qilayotgan ishda menga
yordam bermang; Buning natijasida
men doim sizning yordamingizga
o‘rganib qolaman. Xuddi do‘stlaringiz bilan bo‘lgan
munosabatingiz kabi men bilan
munosabatda bo‘ling; Shunda men
ham sizga do‘st o‘rnida bo‘laman. Hammasidan ham ko‘ra sizni
ko‘proq yaxshi ko‘raman; Iltimos
menga ham shunday munosabatda
bo‘ling. Mening sizga bo‘lgan ishonchimni
yolg‘on bilan sindirmang; Buni
sezib qolsam, men ham yolg‘on
gapirishga o‘taman. Meni xato qilishdan asramang; Shu
bilan men o‘z tajribamni oshiraman. Men savollar berishni
boshlaganimda, mendan tezroq
qutilishga shoshilmang; Aks holda
sizdan olmagan javoblarimni
boshqa joylardan izlashimga to‘g‘ri
keladi. Sizda qiyin va og‘ir kunlar ekanligini
men ham his etaman; Siz bilan o‘sha
vaziyatda yashashga menga imkon
bering. Siz menga ishonsangiz –
men ham sizga ishonaman. Shunchaki turmush qurganingiz
sabab emas, men sizning
sevgingizdan dunyoga kelganimni
bilishni istayman; Sizning
janjallaringiz esa mening eng
qo‘rqinchli xavotirimga sabab bo‘ladi… Bu fikrlar Fitness for Brain saytidan olindi. Ular maqola muallifining
shaxsiy fikrlari bo‘lib, men ularga
qo‘shilaman. Shu bois sizlarga taqdim
etyapman. Agar siz yuqoridagi
fikrlarni noto‘g‘ri deb hisoblasangiz
yoki sizda boshqa fikrlar mavjud bo‘lsa fikr bildirish orqali biz bilan
bo‘lishing.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3