
bo‘ldi Bir kuni eshigim ostida bir it paydo
bo‘ldi. Chiqib, uni kuzatdim. U chiroyli
va qaysidir uyda yaxshi parvarish
qilinadigan itga o‘xshar edi. Lekin,
juda charchagan ko‘rinardi. Balki,
uyini yo‘qotib, topa olmayotgandir deb o‘yladim. Qorni ham ochdir,
balki… Keyin uni uyga kiritdim. U xona
burchagiga borib yotdi va bir soatcha
uxlab qoldi. O‘rnidan turib yana
ko‘chaga chiqib ketdi. Keyingi kun yana shu vaqtda kelib,
aynan o‘tgan kungi joyida bir soatcha
uxladi. Bu hol bir necha hafta davom
etdi. Hayron bo‘ldim, u ko‘chada
yashaydigan itlarga o‘xshamas edi.
Uning bo‘yniga – “Bu ajoyib va
yoqimtoy it kimniki ekanligini bilishni
istardim. Bilasizmi, u har kuni menikiga
uxlagani keladi”, deb yozilgan bog‘ich ilib qo‘ydim. Keyingi kun u yana menikiga keldi,
bo‘ynida esa boshqa yozuv yozilgan
edi – “Bu it olti farzandi bor oilada
yashaydi. Olti bolaning ikkitasi hali
uchga ham to‘lmagan. U shunchaki
dam olishni istaydi. Maylimi, ertaga men ham u bilan borsam?”


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1