
fikrlari Bolalar tili chiqishi bilan o‘z tillarida
qiziqarli gaplarni aytishadi. Ularning
ma’nosi biz gaplashayotgan tilda
tushunarsiz bo‘lsa-da, quyida o‘qib
ko‘ring va ulardan nimadir o‘ziga
xoslikni payqang. Uch yoshli qiz otasining qovog‘i
uyilganini ko‘rib, ularni siladida:
–Sizning yuragingizning
jahllanishini istamayman, dedi… Men dadamning
yordamchichasiman… Bir yo‘q ekan, bir bor ekan. Bir qirol
va bir qirolicha bo‘lgan ekan.
Ularning esa qirolchasi bo‘lgan
ekan… Oyi sizning atiringiz qanday zo‘r
sasimoqda! Dada televizorning ovozini
pastlating, men ertagimni
eshitmayapman. Bilasizmi, tovuqning burni bu uning
og‘zi… Oyi, orqa oyog‘imni yopib qo‘ying. Dada qarang, shimingiz qovog‘ini
uyib qolibdi… –Yoshing nechchida?
–Yaqinda sakkizga to‘laman, hozir
esa uchda. Hali besh yoshga to‘lmagan qizga
“Oltin baliq” haqidagi ertakni o‘qib
berishibdi, u esa:
–Voy axmoq chol, hali yangi uy,
hali yangi tog‘ora so‘raydi. Darhol
yangi kampir so‘rashi kerak edi… Ota avtomobilini urib olgani haqida
qayg‘urib gapirardi, besh yoshli
bolakay esa:
–Ana endi, benzin sotib olish ham
kerak emas… –Nima uchun tirnalding?
–Mushuk uchun. Turmushga chiqishdan qaytib
chiqish mumkinmi? –Kim chiroyli, dadangmi, oyingmi?
–Javob bermayman!
–Nega!?
–Oyimni xafa qilishni
xohlamayman… Buvi, qarang o‘rdaklar, ko‘lmakdan
qaynatilmagan suv ichishyapti… Birinchi sinf o‘quvchisi birinchi
o‘qish kunidan uyga qaytgach,
oyisi:
–Bugun maktabda nima
o‘rganding?
–Yozishni. –Birinchi kundanmi!? Xo‘sh, nima
yozding?
–Bilmayman, hali o‘qishni
o‘rganmadim… Oyi, menga singil tug‘ib bering.
Faqat chaqaloq bo‘lmasin… –Dada, dada menga baraban sotib
olib bering.
–Ha, menga o‘zi shuni shovqini
yetmayapti…
–Sotib olib bera qoling, men uni
faqat siz uxlaganingizda chalaman. –O‘g‘lim, ovqatingni yemasang,
hozir ajinani chaqiraman!
–Chaqiring, ajina ham ovqatingizni
yemaydi… Yuqoridagi fikrlar bolalar yozuvchisi
Korn Chukovskiy tomonidan
to‘plangan.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев