Inson tug'ilarkan, yasharkan tinmay
Doim harakatda o'tarkan umr
Yillar o'tganini qolarkan bilmay
So'ngra qarshilarkan uni tor qabr
Kimdir ketar ekan to'ymasdan erta
Olloxim aytmasdan olib ketarkan
Qolarkan yaqinlar bo'zlab ortida
Ilojsiz, bariga jim ko'nar ekan
Hayot bo'lar ekan asli beshavqat
Inson bilmas ekan nedir halovat
Ollox bilar ekan barchasin faqat
Chunki ollox bitgan insonga qismat
Asli bu hayotmi biz uchun sinov
Kimdur bunda boydir, kimdir kambag'al
U dunyoga ketgach kutarkan so'rov
Hayot qonuniga qilganmi amal
Yashaylik doimo halol hamda pok
Shunda jannating ham bo'larkan tayin
Kimning umri qisqa, kimniki uzoq
Bilarsan yashasang, yil o'tgan sayin
SHERZODJON SHODMONOV SHUKHRATOVICH IJODIDAN...
"Shoir Yana Siz Bilan"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев