Musofirga osonmas, qaydan bilasiz
Ko'nglida ne tugik, hayolda ne bor
Bilmayin ne uchun g'iybat qilasiz
Yarim bo'lgan qalbiga berib siz ozor
Osonmas ularga vatandan yiroq
Oila sog'inchi har tun qitiqlar
Har kecha ko'zda yosh, qalbida firoq
Ba'zan o'z o'ziga sabrlar tilar
Yurishar ro'zg'or deb, tashvishi bisyor
Otam der, Onam der va jigarlarim
Axir kimdir kutar bo'lib umidvor
O'zga yurtda omon bo'l deydi Farzandim
Musofirga osonmas, yor vasliga zor
Uyida kutadi mushtipar sanam
Ex musofirga bermanglar ozor
Shundoq ham ularning dardi bir olam
Kecha eshitgandim g'iybatlarini
Do'stimga egilib salom aytgandi
Lekin afsus ko'rdim bugun, barini
Salom deb yurganlar unutgan edi
Musofirga osonmas, lek noni halol
Hamisha har joyda yaratgan panoh
Musofir tashvishi sizga, kelmasin malol
Sabri metindandir, asraydi olloh
SHerzodjon SHodmonov SHukratovich ijodidan...
28.05.2019
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1