
Bir kun tangriga shundoq, savol qildi go`zallik:
«Nega meni etmading mangulik va azallik?»
U shunday javob berdi: «Olam bir suratxona,
Tun bilan kun bo`lmasa — xayot o`zi afsona.
Borliq, axir har lahza o`zgarishdan iborat,
Odamzodni band etar — neki bo`lsa omonat».
Oy bu so`zni tinglagach, g`amgin bo`ldi, bo`zladi,
O`z dardini tongotar yulduziga so`zladi.
Zuhro tongga so`yladi, tong so`yladi shabnamga,
Bu nidodan g`amginlik, sukut cho`kdi olamga.
Gul yoqasin chok etib, asta egdi boshini,
G`uncha barri kon bo`ldi, shabnam to`kdi yoshini.
Chamanlarni tark etdi armon bilan gul ko`klam,
Ketdi gulshanga shodlik izlab kelgan yoshlik ham.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев