
Hali 18- ga xam to'lmagan yoshlar.
Bugun xayotga, ilk qadamin tashlar.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
Ikki do'st ko'rishsa ruscha gaplashar.
Xuddi o'zlarini ruslardik tutar.
Lek afsus dardini ichiga yutar.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
O'z kamim o'zm to'ldirayin deb.
Otamga og'irim tushurmayin deb.
Men xam birovlardan kam bo'lmayin
deb.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
Xech ularga tutmangiz oson.
Ularning xam orzu umidi osmon.
Dardini xech kimga qilmaydi doston.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar.
Bir sôz desang jim ko'nib ketar.
Bazan o'zlariga o'zi shart qo'yar.
Qiynama o'zingni bo'ldi bas yetar.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
Har kecha yostiqqa kôzyoshin to'kar.
Hayotning sinovi tik, qaddin bukar.
Bazida taqdirdan nolib, xo'rsinar.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
Ex nega kambag'allik mening
boshimda?
Baloyu, kulfatlar xar on qoshimda.
Menga ne bor edi o'smir yoshimda.
Deya dard chekar, sher mard yigitlar.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
To'yu marakadan bexabar qolgan.
Go'yo dunyo tashvishin bo'yniga olgan.
Bazilar shu yerda jondan ayrilgan.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
Ota ona qadrini o'shalar bilar.
Kim do'st kim dushman ajratgan ular.
Har soniya vaqtini qadriga yetar.
Musofir yurtlarda yurgan Dindoshlar...
ALLOH sizlarni har qadamda asrasin.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев