
Uning fe’l atvori yoqmasdi.
O’zi yoqmasdi…
Uning ortidan ko’p yurdi
yigit. U uchun ko’p
narsalar qildi. Uni deb ko’p
narsadan voz kechdi yigit.
Lekin qizda iliqlik
sezmadi. Yigit shoirtabiat
edi. Dunyoni, olamni,
tabiatni, sevardi u.
gullarni, qushlarni, oy-
quyoshni sevardi yigit.
Yer-u osmonni, Uni sevardi
yigit…
- Menga bunaqa,
ko’rgandayoq yuzimga
qarab she’r to’qiydigani
kerakmas. Otam
zamonidan qolib ketgan
xatlarni yozib boshim
og’ritmasin!
Yigitdan olib kelingan
hatga va hatni olib kelgan
elchiga shunday dedi qiz.
Keying safar qizning
dugonasini ishga soldi
yigit. Ammo bu ham hech
qanday natija bermadi.
- Menga so’zlaridan,
ko’zlaridan o’t
chaqnaydigan yigit kerak!
Yonimga kelishga
botinolmay, qator qator
elchilarini yuboradigani
emas! Shunday yigit
bo’lsinki, meni tilim lol
bo’lsin, uniki emas. Har
gapida "Gulim,lolam”
degan o’t- o’lanlar nomi
bilanmas, ismim bilan
chaqirsin! Chaqirsinki,
o’sha ondayoq qarshisida
hozir bo’lay. Ovozlaridan
yuragimgacha titrab
ketay!
Qizning bu gaplaridan
keyin yigit unga boshqa
elchi yubormad...Shu
gaplar unga hayot
sabog’ini berdi.
* * *
- Nargiz!!!
Darvoza daranglab ochilib,
ismini eshitgandayoq
Nargizning oyoq-qo’li
bo’shashib, yuragi potirlab
qoldi. "yana ichibdilar-da!”
xayolidan shu o’y o’tdiyu,
yugurgilab hovliga chiqdi.
Ana eri! O’zi bir umr orzu
qilgan, gapirganda
so’zlaridan o’t
chaqnaydigan,
chaqirganda ovozi
yuragigacha titratadigan
eri.Oyog’ida zo’rg’a turibdi,
hozir yana hammasi
takrorlanadi. Bir shapaloq
bilan qutulsa mayli edi,
lekin eri holdan toyguncha
uradi-da. Nargiz katta
bo’lib qolgan qizlarining
yonida uyaladi.O’gli hali
kichkina, bunaqa
narsalarni tushunmaydi.
Janjallarning boisi ‘’o’glim
yo’q”edi. Ikkita qizi bor.
Boshida Jamol akasi bilan
yaxshi yashashdi. Yaxshi
deb ham bo’lmasdi. Bu
kunlar bilan qiyoslaganda
u kunlar oltinga teng
edi.Shirin so’zlar
eshitmasa-da xar xolda
urush janjalsiz edi u
kunlar… ikkinchi qizi
tug’ilgan keyin eri ichishga
mukkasidan ketdi."Menga
o’gil kerak!”- deb to’polon
qiladigan odat chiqardi.
Ko’zining tagidagi
ko’kimtir ranglar ketib
ketmasdan yana yangisi
bosilardi. Nihoyat o’g’illi
bo’lishdi. Lekin Jamol
ichishni tashlamadi,
qaytaga avj oldi.
Oxirgi paytlarda o’sha
shoirtabiat yigitni ko’p
o’ylaydigan bo’lgan. "Balki
uning sevgisini ,
tuyg’ularini uvol qilganim
uchun taqdir menga
shunday kunni ravo
ko’rgandir,” – deb o’ylaydi.
O’sha o’ziga yoqmagan,
yoqmaganini hammaga
oshkora aytgan yigit
oldida o’zini bir siqim his
qiladi. Ayol bo’lib eridan
bir shirin so’z
eshitmaganini o’ylab,
ho’rligi keladi. Bolalari
ham dadasidan zirillaydi.
Erkalanib, bo’yniga osilib
o’tirisholmaydi.
Shuncha o’qib diplom
olgani ham bir pul
bo’lgan."Ishlamaysan!”-
dedi tamom.
Shularni o’ylab yuragi
siqildi.Talabalik yillarini
eslab, suratlari, kitoblari
turgan javonni ochdi.
Suratlarda o’zini ko’rib
yig’lab yubordi. Xozir u
Nargizdan asar ham
qolmagan. Yuzlariga g’am
soyasini tashlab bo’lgan,
ajinlarning sanog’i yo’q.
ko’rganlar 5-10 yosh
qo’shib aytishadi.
Suratlarni ko’rarkan,
orasidan kichkinagina
kitob chiqdi. Kitob qanday
bu yerga kelib qolganini
eslolmadi. Lekin bu kitobni
o’sha shoirtabiat yigit
berganini esladi. Ochdi.
Muqovasida tanish
shoirning she’ri yigitning
qo’llari bilan yozilgandi…
* * *
Gulim mehr ko’zda degani
yolg’on,
Mening dilimdagi o’chmas
yolqinsiz.
Qancha ko’rishmasak
shuncha qadrdon,
Qancha olis bo’lsak
shuncha yaqinsiz.
Devona oshiqman, men bir
devona,
Ayting sizdan bo’lak
kimim bor yana?..
Siz yo’q chog’imdagi
dunyo begona,
Siz yo’q bog’imdagi gullar
yoqimsiz.
Siz achchiq qismatim, siz
istirobim,
Siz shirin dardimsiz, shirin
azobim.
Siz mening ko’klardan
topgan oftobim,
Siz mening ko’klardan
topgan oftobim,
Yerlarda yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…
Ko’zlari yoshdan harflarni
ko’rmay qoldi. Hayollarga
berilib o’tirarkan lablari
tinmay "Siz mening
ko’klardan topgan
oftobim, Yerlarda
yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…” deb
shivirlardi. Darvozaning
zarb bilan ochilishi-yu,
erining "Nargiz!” deb
chaqirgani ham uni
hayollar og’ushidan olib
chiqolmadi."Qars” etgan
ovoz chiqdi, Nargiz
yuzining lovullab
yonayotganidan shapaloq
yeganini angladi.
Erining baqir- chaqiriga
Nargizning qalbida
takrorlanayotgan so’zlar
qorishib ketdi.
"Siz mening ko’klardan
topgan oftobim, Yerlarda
yo’qotgan
ko’zmunchog’imsiz…


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5