Yaponiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi ramziy jamoasiga kiritildi
«Zalsburg» klubining yaponiyalik hujumchisi Takumi Minamino UEFA tomonidan Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turining ramziy jamoasiga kiritildi.
24 yoshli futbolchi «Liverpul»ga (3:4) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol va golli uzatmani yozib qo‘ygan edi.
Ramziy jamoa tarkibi quyidagicha bo‘ldi: Byurke, Xakimi (har ikkalasi – «Borussiya» Dortmund), Lukumi («Genk»), Mene («PSJ»), Van de Bek («Ayaks»), Dennis («Bryugge»), Gnabri, Levandovski (har ikkalasi – «Bavariya»), Saloh, Firmino (har ikkalasi – «Liverpul»), Minamino («Zalsburg»).
Minamino 2015 yildan beri «Zalsburg» tarkibida o‘ynayapti. Shu paytgacha u jami 127ta o‘yinda 40ta gol urgan.
Комментарии 7