dovoni orqali yo‘lovchi
poyezdining muntazam
qatnovi yo‘lga
qo‘yiladi
5-sentabr, dushanbadan
boshlab “Toshkent—Andijon—
Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab
“O‘zbekiston” poyezdining
muntazam harakati yo‘lga
qo‘yiladi. Bu haqda
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
axborot xizmati xabar
bermoqda.
Foto: O‘zA
Masofa olti soatda bosib
o‘tiladi: poyezd Toshkent
markaziy vokzalidan 8:05 da
jo‘nab ketib, Andijon vokzaliga
14:05 da yetib boradi. 15:25 da
esa Andijondan ortga qaytib,
21:25 da poytaxtga kirib keladi.
Poyezd Pop, Qo‘qon va
Marg‘ilon vokzallarida to‘xtab
o‘tadi.
Vagonlar uch toifaga bo‘lingan:
Econom — 45 ming so‘m,
Business — 68 ming so‘m va
VIP — 130 ming so‘m. Yangi
yo‘nalish haqidagi batafsil
ma’lumotni 1005 qisqa
raqamidan bilish mumkin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 21