Предыдущая публикация
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasidagi faoliyatini tikladi.
FotbollDirekt xabariga ko'ra, 39 yoshli hujumchi JCH-2022 saralash uchrashuvlari uchun terma jamoaga qaytadi.
Ibragimovich terma jamoasining mart oyidagi o'yinlariga chaqirildi.
Eslatib o'tamiz, Shvetsiya mart oyida JCH-2022 saralashi doirasida Gruziya va Kosova termasi bilan bilan, shuningdek Estoniya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, Zlatan 2001-yildan 2016-yilgacha Shvetsiya terma jamoasida o'ynagan. U 116 o'yinda 62 ta gol urgan, shuningdek u jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8