shu gapni aytishgan. Avn ibn Abdulloh
deganlar: «Agar banda qabriga qo'yilsa,
birinchi bo'lib so'raladigani - namozdir. Agar
namozi yaroqli topilsa, uning boshqa
amallariga qaraladi. Bordi-yu, yaroqli deb
bo'lmasa, undan keyin boshqa biron amaliga
qaralmaydi».
Ibn Hazm: «Shirkdan keyin namozni vaqtidan
kechiktirish va mo'minni nohaq o'ldirishdan
ko'ra ulkanroq gunoh yo'q», deganlar.
Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida birinchi
bo'lib namozni tark etguvchilarning yuzlari
qorayadi. Jahannamda «Lam-lam» nomli
ilonlar darasi bo'lib, har bir ilonning
yo'g'onligi tuyaning bo'ynidek, uzunligi bir
oylik masofaga teng bo'ladi. Ular namozni
tark etguvchilarni chaqadilar. Uning zahari
namozni tark etguvchining jismida etmish yil
qaynaydi-da, so'ng uning go'shtlari erib
tushadi.
Hikoyat
Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol
Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey
Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib
qo'yib, so'ng bu gunohimdan Alloh taologa
tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul qilib,
gunohimni mag'firat etishini so'rab duo
qiling», dedi. Muso alayhissalom undan:
«Nima gunoh qilding?» deb so'ragan edi, u:
«Ey Allohning payg'ambari, men zino qilib,
bola tug'dim-da, so'ng uni o'ldirdim», dedi.
Shunda Muso unga: «Chiq bu erdan, ey fojira!
Yana kafosating tufayli osmondan olov tushib,
bizni yondirib yubormasin», dedi.
Ayol payg'ambar huzuridan qalbi o'ksigan
holda chiqib ketdi. Jabroil alayhissalom
tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun
tavba qilgan ayolni qaytarib yubording?
Undan ko'ra yomonroq kimsa borligini
bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso
alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham
yomonroq kimsa kim?» deb so'ragan edi,
«Namozni qasddan tark etgan kishi», deb
javob berdi.
Alloh taolo namozni vaqtidan kechiktirib
o'qishdan ogohlantirib aytadi:
«So'ng, ularning ortidan namozni zoe
qiladigan va shahvatlar ga beriladigan
kimsalar o'rinbosar bo'ldilar. Endi u
(o'rinbosar lar) albatta yomonlikka


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев