Предыдущая публикация
Shu ishni tarbiya deb surmagin xayol.
Tarsaking yuzgamas yurakka tegar.
Navoiy avlodi boshini egar.
O'zbek bolasini o'stirarsan sen.
O'zbek onasisan,yarashar ish qil.
Sening egri tarbiyang falokatga teng.
O'zbek kelajagin tarbiyalarsan bil.
Zardangni sochmagin ojiz vujudga.
Ilmga oshno qil bo'lsin ziyoli.
O'shanda foydasi tegadi yurtga.
O'shanda kuladi baxti ,iqboli.
Baqirma, qarg'ama ruhi cho'kadi.
U Temur avlodi shuni unutma.
Axmoqlar farzandin urib so'kadi.
Dono bo'l, ularning yo'lini tutma
Dilshod Davron
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев