2013 yilda sayyoraning tengsiz futbolchisi – Krishtianu Ronaldu!
2013 yilning tengsiz futbolchisi – Krishtianu Ronaldu. Shubhasiz u bunga munosib. No comment. Ko'z yoshlari uchun ham bunga munosib.
Ronaldu ikkinchi marta “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi.
Unga sovrinni futbol qiroli Pele, FIFA rahbari Yozef Blatter va UEFA prezidenti Mishel Platini topshirishdi.
2013 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga Ronaldudan tashqari “Barselona” hujumchisi Lionel Messi va “Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberi ham da'vogarlik qilishgandi