Bir musulmon yarim tunda
köchadan uyi tomon qaytardi.
Köchada ikki rus yigiti bir-biri bilan
janjallashishardi. Bu janjal
mushtlashuvga aylanib ketdi.
Musulmon öz e'tiqodi talablariga
köra ularni ajratib qöyishga oshiqdi.
Ayni shu vaqtda
janjallashayotganlardan biri
ikkinchisini pichoqlab qöydi. U
pichoqni nima qilishni bilmay qolgan
musulmonning qöliga tutqazib, özi
qochib qoldi. Tez orada militsiya yetib
keldi. Yigitni qotillikda ayblab hibsga
olishdi. Qotil emasligini aniq dalillar
bilan isbotlay olmagani,
guvohlarning yöqligi sabab uni 6
yilga qamashdi. Qamoqxona Sibirda
joylashgan edi va haddan tashqari
sovuq edi. Eng yomoni esa,
qamoqxonadagi maxbuslarning
qalblari Sibir havosidanda sovuqroq
edi. Yigit har kuni 5 vaqt namozni
kanda qilmasdi. Öz farzlarini
astoydil ado etardi. Lekin uning
namoz o'qishi qamoqxonadagi
xodimlarga yoqmasdi. Qahraton
yanvar kunlarining birida, harorat
-45 daraja sovuqligiga qaramay bir
badfe'l xodim musulmonni yengil
kiyimida köcha kalonnasiga uloqtirdi.
Tashqari shu qadar sovuq ediki,
musulmon qilich bilan tanasini kesib
tashlashayotgandek his qilardi özini.
Sovuqdan ko'zlarini ochishga
qiynalardi. Qorong'u tushgach,
sovuq battar kuchaydi. U tinmay
Ollohga yolvorardi: Meni bu azobdan
qutqar, Tangrim! Oxiri tanasi
butunlay muzlab qoldi. Sekin
xushidan keta boshladi. Shu paytda
bir yorug'lik paydo böldi va asta-
sekin unga yaqinlasha boshladi. Bu
bir oq ayiq bölib, uning tanasi juda
kata edi. Oq ayiq musulmonni
bag'riga oldi. Uning tanasi shu qadar
issiq ediki, yigit uxlab qoldi. Ayiq ham
qilt etmay yotardi. Ertasiga ertalab
qamoqxonada shov -shuv tarqaldi:
tungi navbatchilikda turgan ikki
nafar sovuqdan muzlab qolgan
kishining jasadi topildi. Sal o'tmay
yana bir shov- shuv kötarildi: kecha
ko'cha qamog'ida yotgan musulmon
yigiti ustida bir dona ko'ylagi bilan
qamoqxonaga tirik va tetik holda
kirib keldi! Olloh hech qachon unga
iltijo qilgan bandasini yolg'iz tashlab
qo'ymaydi! E'tiqodimiz mustahkam
bölsin!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 11