Òqing ibrat oling...
Rivoyat qilishlaricha, Oy va
Quyosh dardlashib qolib, yomon
odamlardan norozi
bo'lishibdi.Shunda Quyosh : " Ey
Oy, kunduz kuni odamlarning
jaholat, razolat, razillik va
ikkiyuzlamachilik qilishlarini
ko'rib, uyatdan yonib ketaman.
Yaratganga aytib, ularni yer
yuzidan supurib tashlash kerak ",
debdi.
Oy yuzidagi dog'larni alamnok
tirnab : " Ey Quyosh, sen
odamlarning kunduz kuni
qiladigan ishlarini ko'rib, shu
darajada hasrat - tug'yonga
tushyapsan.Men ularning tunda
qiladigan ishlarini ko'rib, shu
darajada uyalib ketamanki, hatto
yuzlarimga dog ' tushib ketadi ",
deb nolibdi.
Alqissa bu ikkisi Sarvari Koinot
egasi huzuriga ko'tarilishib,
dardlarini aytishibdi. Oy nido
qilibdi : " Ey Egam, izn ber, yerni
muzlatib tashlay, toki unda biror
tirik jon qolmasin ".
Quyosh jazavaga tushgancha, tiz
cho'kib yolvoribdi : " Ey Yaratgan Egam, izn ber, zaminni haroratim
bilan yoqib, kulini ko'kka
sovuray! "
Shunda Yaratgan : " Toki yer yuzida bitta bo'lsada, iymoni
solih, vijdonli, mo'min -
musulmon odam bor ekan, sen -
Oy tunda...sen - Quyosh kunduzi
o'z vazifalaringni bajaraverasiz,
uning hizmatida bo'lasiz ", deya
amr qilgan ekan...
Demak, nazorat bor, demak
muvozanat bor.
Demak Oy va Quyoshning
porlashiga sabab bo'lguvchi
yahshi insonlar bor.
ILOHO IYMONI SOLIH,VIJDONI POK,
MO'MIN MUSULMON VA YAXSHI
INSONLAR KO'PAYAVERSIN!
ALLOH BORDIR, ASLO
UNUTMANG...
Kimlargadir o'rganib qolmang,
Kimlardandir e'tibor kutmang.
Hammamizga birday mehribon,
Alloh bordir, aslo unutmang...
Tashvishlarga zinhor kömilmang,
Kamsitishsa, sinmang, egilmang.
Biz hammamiz Alloh uchun,
Birday tengmiz, aslo unutmang...
Hayot foniy, unga ishonmang,
Haq yo'lida yuring, adashmang.
Sokin yashang, hammamiz
uchun,
Madadkordir Alloh unutmang...
Kulib yashang, sevinib yashang,
Quyoshdan ham yorqinroq
porlang.
Shukr qiling, shuni biling - ki,
Alloh Rahmon Rahiym
unutmang...
Hatolardan ko'p o'kinmang,
Duolardan qaytmang,
to'htamang.
Ajr so'rang, Allohdan bo'lak,
Kechirimli Zot yo'q unutmang...
Yo'llar bisyor haq yo'lin tanlang,
Jannat go'zal, undan
chekinmang.
Ammo yo'qdir Alloh vaslidan,
Go'zal vasl, shuni unutmang...
Umringizda aslo g'am kurmang
Ruzg'orizda aslo kam kurmang
Doim baxtli taxtli bulingiz
Bir kun kelar qiyomatni
unutmang...!!!
Shu va shunga öxshax Ibratli Xikoya Rivoyat va sherlar öqishga qiziquchilar uchun manzilimiz
Ok.ru/guruxda.faqat.realxikoyalar
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10