yashga
majburman Oilada ikkinchi
o'g'ilman. Ota-onam juda obro'li va
hurmatga
sazovor insonlar. Men o'zimdagi
barcha yaxshi
xislatlar uchun ulardan
minnatdorman. Dadam
meni bolaligimdan tadbirkorlikka
o'rgatdi. Hozir
yosh bo'lsam-da, o'z biznesimga
egaman. Akam
Koreyada o'qib, o'sha yerda ishlaydi.
Hali
uylanmagan. Shu bois ota-onam
akam uyga
qaytguncha meni uylantirish payiga
tushib
qolishdi. O'shanda endigina o'n sakkiz
yoshga
to'lgandim, kollejning birinchi
kursida o'qirdim.
Qarindosh-urug'larimiz bir qizni
tavsiya qilishdi.
Hali yosh emasmanmi, qiz ko'zimga
olovdek
ko'rindi va unga uylanishga rozi
bo'ldim. Turmush
qurganimizdan so'ng hayotimiz bir
maromda
kecha boshladi. Xotinim yelib-
yugurib ota-
onamning xizmatini qilar,
oilamizdagilarning
hammasi undan minnatdor edi. Shu
orada
farzandli bo'ldik. Bundan, ayniqsa,
ota-onam
nihoyatda xursand bo'lishdi.
O'g'ilcham ota-
onamga birinchi nabira emasmi, uni
yeru ko'kka
ishonmasdi. Ayniqsa, dadam
chaqaloqni qo'lidan
qo'ymas, bir yoshga to'lar-to'lmas,
mashinaga
mindirib sayr qildirib yurardi.
Tadbirkorlik
faoliyatim, asosan, poytaxtda edi va
men uyga tez-
tez kelib turardim. O'g'lim ikki yarim
yoshga
to'lgach, oilamni Toshkentga olib
ketadigan
bo'ldim. Ota-onam ortimizdan
termilib qolishdi.
Ammo oradan hech qancha vaqt
o'tmay, ularning
o'g'limni sog'inishlarini ko'rib,
ta'sirlandim. "Mayli,
o'g'limiz goh sizlar bilan, goh biz
bilan yashab
tursin, shunda ko'nikishlaringiz oson
bo'ladi", deb
keyingi gal borganimizda o'g'limni
uyga tashlab
keldim. Tadbirkorlik bilan
shug'ullanishni o'zi
bo'lmaydi. Kun bo'yi ishda bo'lardim,
xotinim esa
uyda. Ishdan horib-charchab
qaytganimda
eshigimni ochib kutib oladigan
rafiqam yonimda
ekanligidan xursand edim. Shunday
kunlarning
birida xotinimning o'zgarib qolganini
sezdim.
Qanaqadir bezovtadek edi u. Telefoni
jiringlasa
ham, cho'chib tushadimi-ey...
"O'g'limizni
sog'ingani uchun shunaqa xayolchan
bo'lib qolgan,
shekilli", deb o'yladim va shu hafta
o'g'limizni olib
kelaman, dedim o'zimga o'zim.
Ammo... O'sha
kuni ishdan biroz erta qaytgandim.
Uyga kelsam,
xotinim yo'q ekan. "Do'kon-po'konga
chiqqandir"
degan xayolda divanga cho'zildim.
Lekin negadir
ko'nglim g'alati bo'la boshladi.
Odatda, kun bo'yi
charchaganligim bois uyga kelishim
bilan uxlab
qolardim. O'sha kuni ko'zimga uyqu
inmadi.
Xotinimga qo'ng'iroq qildim. -
Uyimizni yonidagi
kafedan sizga ovqat olayotgandim.
Bugun uyda
ovqat pishirgim kelmadi, - dedi u. -
Tezroq kel, -
ko'nglim biroz xotirjam tortib. Ammo
oradan ancha
vaqt o'tsa hamki, undan darak
bo'lmadi.
Xavotirlanib u aytgan kafega
bordim. Borsam,
eshik qulf, qorovul kafening
yopilganiga bir soatdan
oshganini aytdi. Soatga qarasam -
23:35. Yana
xotinimga qo'ng'iroq qildim. - Mana,
hozir kafedan
ovqat olyapman, dedim-u, - dedi u
yolg'on gapirib.
-Kafening oldida turibman, yo'qsan-
ku! Xotinim
dovdirab qoldi. - Shu yerdaman,
mana boryapman,
-deya telefonni o'chirib qo'ydi.
Yuragim hapqirib,
qator turgan garajlar tomon
yurdim. Shunda
xotinim lip etib bir garaj yonidan
chiqdi. Sochlari
to'zg'ib ketgan. Tez-tez ortiga
qarab qo'yishidan
o'sha yerda kimdir borligini sezib,
yugurib bordim.
Bir yigit meni ko'rishi bilan
garajlarni panalab
qochib ketdi. Miyamga qon tepgandek
bo'ldi. -
Kim u? Yarim kechada qayerdan
kelyapsan? -
dedim baqirib. - Sizga ovqat olaman,
deb kafega
chiqqandim. Yopiq ekan. Nariroqdagi
kafega
borgandim... -deya dovdiray boshladi
xotinim. -
Anavi yigit kim, deb so'rayapman
sendan?! -
baqirig'imdan hammayoq titrab
ketgandek bo'ldi. -
Umi?.. U meni kuzatib qo'ydi. - Nega
seni
kuzatadi? Kim o'zi u? Taniysanmi?
Xullas, uni
sudragudek bo'lib uyga olib keldim.
Bu paytda
xotinim ancha o'zini bosib olgan,
ko'zini lo'q qilib:
"U yigitni tanimayman", deb turib
olgandi. Ertasi
kuniyoq uning telefoniga kimlar
qo'ng'iroq
qilganligini bilish uchun
kompaniyaga bordim.
Xotinim shu yaqin kunlar ichida faqat
bitta
noma'lum raqam kuniga to'rt-besh
martadan bir
soatga yaqin gaplashgan ekan.
Xotinimdan
so'rasam, tan olmadi. O'sha raqamga
qo'ng'iroq
qilgandim, bir yigit ko'tardi-yu,
xotinimning nomini
aytishim bilan o'chirib qo'ydi. Xullas,
xotinimni
uydan haydab yubordim. Ota-
onamga bo'lgan
voqeani aytgandim, ular
ishonishmadi. "Xotining
bilan yarash, balki,
yanglishgandirsan, bitta bolang
bor axir", deya shashtimdan
qaytarishga urinishdi.
Ammo men adashmaganligimni,
xotinim menga
xiyonat qilganini ich-ichimdan sezib
turardim. Shu
bois "Endi u bilan yashamayman",
deya poytaxtga
qaytdim. Ota-onam ortimdan "Agar u
bilan
ajrashsang, sendek o'g'limiz yo'q!"
deb qolishdi.
Bilaman, ular o'g'limni juda yaxshi
ko'rishadi, bu
mehr hatto xiyonatkor kelinni ham
ularning ko'ziga
oppoq ko'rsatayotgandek. Rosti,
o'zim ham oilam
buzilishini xohlamasdim. Ammo...
Ammo yigitlik
sha'nim, or-nomusim bo'zlardi. Ikki
o't orasida
qovurilib yashay boshladim. Mening
holimni oilasi
barbod bo'lgan insonlar yaxshi
tushunsa kerak.
Hayot to'xtab qolgandek edi go'yo...
Sarosar
yurgan shunday kunlarimning birida
yaqin
do'stlarimdan xotinim haqida bir-
biridan dahshatli
gaplar eshita boshladim. U uydan
ketgach,
viloyatga borib, ota-onamga o'zini
oqlab yig'labdi
va o'g'limni olib, yana poytaxtga
qaytibdi. Hozir
qayerdadir ijara uyida turib, kafeda
ofisiantlik
qilayotgan ekan. Uning battar
yomon yo'llarga
kirib ketganini eshitib, yuragim
tirnalsa-da, o'sha
do'stlarimga "Buni menga isbotlay
olasizlarmi?"
dedim. Ular rozi bo'lishdi va bir kuni
yarim kechasi
xotinim ishlaydigan kafe yoniga
borishimni
aytishdi. Borsam, xotinim kafe
yonidagi bog'da bir
yigit bilan skameykada quchoqlashib
o'tirgan ekan.
O'zimni tutolmay g'azab bilan
tepasiga bordim.
Xotinim meni ko'ri-yu, "Sherzod
aka", deya boyagi
yigitga battar yopishdi. Do'stlarim:
"Qo'lingni
harom qilma", deya yo'limni to'sishdi.
Nima
qilishni bilmasdim, bundan ko'ra
yuragimni
sug'urib olsalar yaxshi edi. Bunday
paytda inson
yaqin kishilaridan madad izlar ekan.
Nima
qilayotganimni bilmay onamga
qo'ng'iroq qildim.
"Mana, maqtagan keliningizni bittasi
bilan tutib
oldim. Endi ham menga bolang uchun
u bilan
yasha, deysizlarmi?" dedim alamdan
titrab. Onam:
"Nega uni poylab yuribsan?" deb
mendan xafa
bo'ldi va jahl ustida bo'lsa kerak,
"Sendan
kechdim!" deb yubordi. Bu gapni
eshitib, boshimga
birov tayoq bilan urgandek bo'ldi.
Nahotki ota-
onam nabiraga bo'lgan mehrlarini
deb mening
g'ururim poymol qilib yashashimni
istashsa?! Endi
ikki dunyoda ham xotinim bilan
yashamayman. U
bilan ajrashish uchun sudga ariza
berganman.
Ammo ota-onamdan ham judo bo'lgim
kelmaydi.
Nahotki endi ular mendan voz
kechishsa?! Nima
qilsam, ota-onam mening ahvolimni
tushunisharkin? Yolg'izlik va alam-
iztiroblar jon-
jonimdan o'tayotgan shunday
kunlarda kimdir
menga tirgak bo'lishini istayman.
Aqlli, rostgo'y va
vafodor qizga uylanib, farzandli
bo'lib, ota-onamga
haqiqiy baxtimni topganligimni
isbotlagim keladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 117
Salom qales mani statusimi kometiga õting õyin õynemiza
озларичи