Bir hikoyadan
judayam ta'sirlandim. Shu voqeani
sizlarga ham yetkazishni lozim
topdim. Bir oilada tug'ilgan bolalar
ayni shirin davrida, 2-3 yashar
bo'lganida o'lib qolaverkan. Allohni
irodasi ekan. Har gal Ona bechora
O'lik bolasini bag'riga bosgancha
bo'zlab bo'zlab yig'larkan, uning dod
faryodiga osmon toqat qilolmay,
duv-duv yosh to'karkan. Tog'lar
larzaga kelib ,daryoyu dengizlarda
toshqin paydo bo'larkan. Lekin
erning ko'zidan biror tomchi ham
yosh chiqmas ekan. Har gal bolasi
olamdan ko'z yumganda Onaizor
boshini devorlarga urib yig'larkan,
sochlarini yularkan,yuzlarini
tirnarkan. " Sen o'lguncha men
o'lsam bo'lmasmidi" deya Allohdan
öziga o'lim tilarkan. Er bo'lsa bu
kulfatni jimgina o'tkazaverarkan.
Har gal boladan judo bo'lganda
mushtipar Ona farzand dog'ida 1-2
oylab kasal bo'lib yotarkan. Tabiblar
turli dori darmonlar berishib, har xil
muolajalar qilib uni arang oyoqga
turg'azisharkan. Oilada unga og'ir
ish qildirishmas,qattiq botadigan gap
etishmas, ko'ngliga qarab ish
tutishar ekan. Er esa Soppa sog'day
yuraverarkan. O'n birinchi farzand 3
yoshida olamdan o'tganda Onaning
toqati toq bo'libdi. - Hoy Er,
Otamisan o'zi,nimasan ?! Nega
qayg'urmaysan ? ! Xotin shunday deb
tik turgan Erining yoqasidan olib,
siltagan ekan , Er yerga Guuppp etib
tushibdiyu Jon taslim qilibdi !!!!!
Bechora Er g'amni ichiga yuta yuta
tugab, bir siltashgayam bardosh
berolmaydigan holga kelgan ekan.
Qanaqadur bir g'alati bo'ldimki bu
voqeadan. Odamlar hatto bitta
farzand dog'iga bardosh berolmaydi.
Lekin buniyam bir xikmati borki,
Robbim iznisiz hech ish sababsiz
bo'lmaydi. Go'dak holda hayotdan
erta ketgan farzandlar Oxiratda,
hamma suvga tashna Jazirama holda
Ota Onasiga suv keltiradi.
Darhaqiqat ,har bir ko'rgulikni bir
ezgu tomoni bo'ladi. Faqat Qanoat
Odamga halovat beradi... Otaning
Onaning qadrini faqat Odam özi Ota
Ona bo'lgandagina tushunadi. Bir
hikmat o'qib qoldim Tohir Malikni
kitobida " Kimki uyiga sarf harajat
qilib Ro'zg'or qilib kelsa, Jihod savobi
yoziladi "deyilgan. Ajabo, Erkak
uyga doim ro'zg'or qiladi, demak ular
savobga ko'p yetishar ekanda. Otang
qadrini bil, Bir kun ayrilishdan
avval,deyishadi. Qisqasi O'zbek
Oilalaridagi Mard, Jasur,
Oilaparvar, atrofidagilarga Ayollar
Ojizlarga mehr muruvvatli ,Qalqon
Bir so'zli, Mehribon Otalarimiz doim
qalb Ardog'imizda. Otalarni Onalar
hurmat qiling. Kimdur yoshi katta
odam ham ,kimnidur Otasi. Demak,
qaysiki Otaga qanaqa muomala
qilarkansan,bir kun shu muomalang
o'zingga qaytib urmaguncha
tanangdan ruhing chiqmaydi...
E'tiboringiz uchun Tashakkur.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 41
кимлардир отага зор
хеч бир инсонни Ота-Онасидан айирмасин
бир дустимга ухшатдим
узр агар безовта килган булсак
кайтар дунё дейишади
у кишини исмлари хам мадина
узлари бурими ёки тулкими
тушиндим сизни
суратдаги сизми