boshdan ötkazgan 22 yoshlar
atrofidagi qizni olib kelishdi.
Ahvoli og'ir edi. Qiyin
operatsiyadan keyin uni
jonlantirish bölimiga olishdi. Men amaliyot ötardim shu
shifoxonada. Soham
kardiologiya bölganligi u- n
Malika (uning ismi shunday
edi)ning ahvolini örganishim
mumkin böldi. U juda chiroyli qiz edi. Közlari betobligidan bölsa
kerak, mungli boqardi atrofga.
Uni alohida palataga
ötkazishgach u b/n gaplashishga
urindim. U unashtirilgan, 15
kundan söng töyi bölishi kerak ekan. U qallig'i haqida shunday
zavq b-n gapirardiki, uni qattiq
sevishi sezilib turardi. "Ota-onasi
töyimizga qarshi, u esa mening
kasalligimni bila turib uylanyapti.
U doim va'dasining ustidan chiqadigan bir sözli yigit". Ösha
yigitni körgach özim ham bunga
amin böldim. Ha, chindan xavas
qilsa arzigulik juftlik. Oradan bir
haftacha ötdi. Malikaning ahvoli
ancha yomonlashdi. Yigit esa har kuni uning yonida böldi. Ba'zan
uxlamasdi ham. Men bu kasallikni
endi davolab bölmasligini
bilardim. Malikaning palatasiga
ularning könglini kötarish u-n
bordim. Eshik ochiq ekan, qulog'imga yigitning dardli
yupanch ovozlari eshitildi:
"Menga ishonasanku, tög'rimi?
Söz beraman, kelasi xafta
töyimiz kuni sen oppoq libosda,
men qop-qora kostyumda yonma-yon ötirgan bölamiz.
Hammaning bizga xavasi keladi".
Kirmadim ichkariga, Xudodan
ularni ayirmaslikni sörashgagina
qurbim yetardi öshanda... Töy
kuni ham keldi. Afsuski, ösha kuni tongda Malika olamdan ötdi.
Uning töyi örniga janozasiga
bordim. Ajabo! Malika haq ekan,
ösha kuni u chindan oppoq
libosda (afsuski, bu kiyim kafan
edi), yigit esa qop-qora choponda yonma-yon
borishardi. Faqat ... faqat, hech
kimning ularga havasi kelmasdi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 37
800000000 ta bo'lib ketadi ku
Хафа килганман.
Энди у мен узок.
У мени аелим хаетим.
Мен унга етишгунча канча кийналдим 2-3 йил курашдим уни олишим учун.мен номард унга азоб бердим.