keyin to'yim"
-Madina qayerdasan?
-Uydaman Shuxrat aka!
-Bugun uyimdagila
borishmoqchi edi silanikiga!
-Nega?Biznikiga nima qilishadi?
-Buncha ko'p savol berasan
puchuqvoyim!Nega borishardi
silanikida bir gul bor ekan shuni
bizni bog'ga ko'chirmoqchi
tushundingmi?
-Xa dedi Madina uyalibgina!
-Madina manga qara sovchila
kelganida yana sanam kirib
o'tirvomagin yoniga...yana aynib
qaytib kelishmasin o'zi zo'rg'a
jo'natdim!
-Ey boringge jinnivoy!
Telefonda maroqli hazil huzil
bilan gaplashayotgan Madina va
Shuxratning suxbatini eshik
qo'ng'irog'i buzib yubordi!
-Shuxrat akov kimdur keldi
keyinro o'zim qo'ng'iroq
qivoraman xop eshikka
qaravore maylimi?
-Xop mayli gaplarim esingdan
chiqmasina yerga qarab turgin
xop gulim!
Aloqa uzildi!
Shuxrat aytganidekuyidagilari
ekan kutib oldi!
-Madina qizim choy olib kir
oyisini yuzidagi nib
tabassumdan uning yuragi
gupurib urib ketdi xuddi uning
yurak zarbini hamma
eshitayotganidek edi.
Choy olib kirganida Shuxratning
onasi uning yuz ko'zlaridan
o'pib boshiga ro'mol o'rab
bo'yniga zanjir taqib,onasiga
endi quda qizimiz sizga omonat
endi u bizni qizimiz olib
ketgunimizgacha extiyot
qilasizlarda deb qo'sìmcha qilib
qo'ydi.
Madina yerga qaragancha
qizarinqirab xonadan chiqib
ketdi.
Bir ikki kundan so'ng ular
ko'rishishdi.
-Xa puchuqvoy endi buyog'i to'y
ekanda a?
-Xm
-Nima xm xursandligingdan
tilingni tishlavoldingmi Madish
gapirsangchi?
-Xa buyog'i to'y
xursandligimdan emas
yoningizda turganimda o'zi
tilim kalimaga kelmay qoladiyu
(kulib qo'ydi)
-Madish o'zi sanga bir gap
aytgani chaqirgandim.Bilasan
to'y xarajatsiz o'tmaydi...shunga
men to'ygacha chet elga ishlab
kelmoqchiman..!
Madina u dedi bu dedi shu pulni
shu yerdanam topasizu deb
fikridan qaytarisia urindi.Lekin
Shuxrat tabiatan qaysar
bo'lgani uchun orzu-xavasni
baxona qilib aytganidan qolmay
Rossiyaga jo'nab ketdi.!
Borganidan so'ng bir ikki
telefon qilib Madinaga
yaxshiligini,ishlari joyida ekanini
yana ikki uch oy ishlagandan
so'ng uni dang'illma to'y qilib
uyiga olib ketishini hali
hammasi yaxshi bo'lishini
aytardi.
Lekin nimadur bo'ldiyu Shuxrat
telefon qilmay
qo'ydi.Uyidagilarining ham
Madinaning ham ko'ngli g'ash
tortib kun sanay boshladi.Ichini
it tirnardi.
Oradan 4 oy o'tdiki Shuxratdan
darak bo' lmadi.Buorada
Shuxratning onasi g'amdan ado
bo'lib o'zini oldirib kasallanib
qoldi.Farzand dog'i ado qilgandi
ona sho'rlikni.Bir kun uyda
bo'lsa 3kun shifoxonada
bo'lardi.Madina esa Shuxratning
onasiga dalda bo'ldi.Har kuni
uni ko'rgani,holidan xabar
olgani shifoxonaga borib uni
chalg'itishga urinardi.O'zi yonsa
ham birovning alangalangan
olovini o'chirishga harakat
qilar,Shuxratni umid bilan
kutardi.
Madinaning uyidagilari ham
qizining ahvolini ko'rib
kuyar.Lekin Madinaga hech
narsa deyaolishmasdi!
Oxiri ular Madinani yoniga
chaqirib vaziyatni
tushuntirishdi.Madinani dadasi
do'stini o'g'liga uzatmoqchi
ekanligini eshitdiyu yig'lab
yubordi.Shuxratni shunchalik
sevardiki undan hayolan ham
kecholmasdi dadasi esa undan
bir umrga kechishini
so'rayotgandi.
Qizim sen ham bizni tushun
hech qaysi ota-ona farzandini
baxtsiz bo'lishini istamaydi.Shu
qatori qiynalishini
ham.Shavkatni unit xudo biladi
u tirimkmi o'likmi?Tirik bo'lsa
qani u qayerda yuripti?
Madina dadasidan nafratlanib
ketdi shu payt!
Bu gaplardan keyin tuni bilan
yig'lab chiqdi.
Shu laxzada Shuxratdan ham
nafratlandi...
Dadasiga qancha qarshilik qildi
ammo bari bekor ketdi dadasi
o'z aytganini qilib Madinani
do'stining o'g'liga
fotixaladi.Lekin Madina yigit
bilan biror marta gaplashmadi
ham ko'rishmadi ham.U
xudodan ilinj istab Shuxratni
kuta boshladi.Har laxza
mo'jizadan umid qilib
yashardi.Shuxratdan esa mana
5 oydirki darak yo'q 3 haftadan
keyin to'y qizim bugun to'yni
belgilab ketishdi.Onasining shu
gapi Madinani orzularini havoga
sovurdi tinmay yig'lardi
u.Yig'lab yig'lab uxlab qoldi!
Tongda uyqudan uyg'ongan
Madina telefoniga kelgan smsni
o'qidiyu ko'zlariga ishonmadi..
Smsda shunday yozilgandi:
-Tug'ilgan kuning bilan Madish
puchuqvoyim...!
Baxtimga sog' bo'l!Meni kut
yaqinda boraman Madishim!
(ha o'sha kuni Madinaning
tug'ulgan kuni edi!O'zga yurtda
ming azobda yurgan,qo'ng'iroq
qilishga ham sharoiti
bo'lmayotgan Shuxrat Madina
tug'ulgan kunida bir amallab
unga sms yozgandi)
Madish xursandligidan yig'lab
yubordi.Sevinchi ichiga
sig'masdi uning.Buxabarni
birinchi bo'lib uning kasal
yotgan onasiga yetqazdi...
Madina bir tarafdan xursand bir
tarafdan xafa edi.Chunki
yaqinda uning to'yi edi.
Taqdir har qadamda insonni
xoxlagan sinovi bilan
sinarkan.Madina ham shundan
sinovda toblanayotgan edi.To 'yiga 2 kun qolgandi
begona raqamdan Madinaga
qo'ng'iroq bo'ldi.Telefonni
ko'targan Madina Shuxrat
qaytganini bildi.
-Keldim Madina ko'rishaylik sani
sog'indim!
Go'shakni ko'targanidan buyon
bir og'iz ham gapirmasdan
tinimsiz yig'layotgan Madina
ko'rishaylik deganida yo'q
demadi!
1 soatdan keyin aytilgan joyda
ko'rishishdi.Nigohlar
to'qnashdi.Uzoq vaqt unsiz
so'zlashishdi.Ancha vaqt yonma
yon o'tirishdiyu lekin bir og'iz
sado chiqmadi ikalasidan ham.
-2kundan keyin to'yim zo'rg'a
shu gapni aytdi Madina.Aslida
Shuxratga aytadigan gaplari bir
talay ediyu lekin uni bo'g'zidan
chiqqan so'z shu bo'ldi.
Mani kechiring xoxlamagandim
lekin...yig'lagancha xayr deb
uyiga qaytib ketdi.Madinani
ichiga chiroq yoqsa
yorishmasdi.Ammo ilojsiz
taqdirga ko'ngandi.Etasi kun
to'y...
Guldek kelin bo'ldi!Hammani
unga havasi keldi!
Madina esa ich ichidan shu
bemanigarchiliklar
tugashini,hammasi bir tush
bo'lib chiqishini uyg'onsayu
hammasi barxam topishini ich
ichidan xoxlardi.Afsuski shu
laxzada...
To'y boshlandi kelinni olib
ketgani navkarlari bilan kuyov
kirib keldi.!Madina bir marta
ko'rmagan gaplashmagan
kuyoviga shu kunda ham
qarashni xoxlamagani uchun
boshini ko'tarib qiyo ham boqmadi.Ko 'zini yerdan
uzmasdan kuyov uzatgan "alvon
rangli qip-qizil bo'lib cho'g'dek
yonib turgan atirgullarni"olar
ekan "ichida ustimdan
kulgandek olib kelgan
gulinichi"deb undan nafratlanib
ketdiyu o'zin i bosdi.Axir bu
gullar sevgi ramzi edi u
uchun.Qizil atirgullarni
yoqtirishini Shuxrat
bilardi.Taqdir hazili uni ustidan
kulayotganidan xo'rligi
keldi.Gullarni qo'lida tutarkan
xuddi Shuxrat yonida
turgandek his qildi
o'zini.Madinaga bu qizil gullar
kun bo'yi hamroh bo'lishini
o'ylab esa gullarni maxkam
bag'riga bosib jilmayganini o'zi
ham sezmay qoldi...
Shunda past ovozda "Gullar
yoqdimi puchuqvoy"degan
sasdan tok urgandek seskanib
yoniga qaradi va qo'lidan tutib
turgan Shuxratni ko'rib
hayratda qoldi.
Nima bo'layotganini
tushunmagan Madina xuddi
Shuxrat qochib ketadigandek
uning qo'llaridan maxkam tutib
oldi.U judayam xursan edi axir
sevgani yonida ustiga ustak
to'ylari bo'layotgandi.
To'y o'tdi...
Nimalar bo'lganiga aqli
yetmagan Madina hammasini
Shuxratdan so'rab oldi.
Shuxratning aytishicha Madina
2 kundan keyin to'yim deb
aytganidan so'ng bo'lajak kuyov
bilan Shuxrat ko'rishib
gaplashib vaziyatni tushuntiripti
u yigit esa Shuxrat va
Madinaning sevgisini qadrlab
bir shart bilan o'rtadan
chiqishga kelishipti.
Uning sharti to'y belgilangan
kun bo'lishi kerakligiga
kelishipti va ularga baxt
tilabti.Ular o'sha kuni aka-uka
va do'st tutinishipti!Madina va
Shuxrat hozirda juda
baxtli,Shuxratning onasi ham
tuzalib qoldi.
Sevishganlaning bu baxti uchun
esa o'sha aytish joiz bo'lsa bir
so'z bilan aytilganda"kuyov
bola"dan bu mukofot va baxtga
sabab bo'lgani uchun bir umr
minnatdorlar!!!
.Xayolan yaratdim baxt
qiyofasin, Unda men bor, sen
bor, faqat go'dak bor. Har
kimga tilayman shundayin
baxtni, Umrlar har lahza bo'lsin
gulbahor!!!
HAMMAGA SHUNAQA MO'JIZAVIY
BAXT NASIB ETSIN IN SHA
ALLOH..!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 45
bosh rollarda
Alisher Uzoqov & Asal Shodiyeva o'ynidi