Sizlarga bir, baxtsiz qissani aytib
bermoqchiman. Iroda o'rtaxol oilada
katta bo'lgan. U kambag'al oiladagi
bir yigitni, qattiq sevib qoldi. Yigitni
oilasi katta, ko'p narsalarga imkoni
yo'q edi. Iroda shunga qaramay ham,
uni sevaman deb uyidagilarga qarshi
chiqib, unga tegaman deb, turib
oldi.Onasi qizini fikridan
qaytarishga ko'p urindi, ammo iloji
bulmadi. Qizining qaysarligi
onaizorni azobga solardi. Qizni
uyidagilar, to'yga qattiq qarshi
chiqishdi. Qiz baribir so'zidan
qaytmay, pinxona yigit bilan
turmush qurishdi. Bu yangilikni
eshitgan qizning ota-onasi, qizidan
qattiq jaxli chiqdi va undan voz
kechdi. Irodani ko'ziga xech narsa
ko'rinmas edi. Sevgani yonida baxtli
edi. O'zini yettinchi osmonda
yurgandek his qilar edi. Irodaning
turmush o'rtog'i Elmurod ham, uni
qattiq sevar edi. To'ydan so'ng,
Elmurod ishsiz qoldi. To'yga bir hafta
o'tar o'tmas, qaynonanig kesatiq
gaplari boshlandi. Bir mahal, ovsini
bir gazeta olib kelib qoldi. Unda
qimmatbaxo taqinchoqlarning surati
bor edi. Ularni orasidagi bir uzuk,
Irodaga juda yoqib qoldi. Kechqurun
turmush o'rtog'iga o'sha uzukni
ko'rsatib, olib bering dedi. Elmurod
olib berishga imkoni yo'qligini, uyga
bozor qilish, ro'zg'or qilish
kerakligini tushuntirdi. "Men
ishsizman, seni o'ylayotgan gapingni
qara" deb jaxl qildi. Iroda o'sha kun
tonggacha yig'ladi. Ammo Elmurod,
e'tibor ham bermadi. Kechasi bilan
uxlolmagan kelinchakni, kuni og'ir
boshlandi. Ertalabdan qaynonaning
javrashi, hamma hammasidan
charchagandi. Uyiga ham, bora
olmasdi. Chunki uyidagilar uni, qabul
qilmasligini yaxshi bilardi. To'yiga 16
kun bo'lgandan so'ng, bir kuni ovsini
ishlashga men bilan chiqing dedi.
Elmurod borishiga ruxsat berdi.
Iroda ham juda xursand bo'ldi. Endi
qaynonasini ovozini kamroq
eshitishdan. Ovsini Irodani ayollar
gavjum bo'lib turgan joyga olib
bordi. Bu mardikor ayollar
yig'iladigan joy edi. Bir mahal
Irodanning yoniga kelib, bir mashina
to'xtadi. Ichida chamasi qirqdan
oshgan, qorindor bir erkak bor edi.
Irodaga qaradida, mashinaga
o'tirishini aytdi.Ovsini shartta
Irodani qo'lidan ushlab, mashinaga
olib chiqdi. Yo'lda ketishar ekan,
ovsini bu erkakni tanishini aytdi va
erkak bilan xuddi qadrdondek
gaplashishni boshladi. Iroda hech
narsaga tushunmas, indamay
ovsinini aytganini qilar edi. Ularni
bir katta dalahovliga olib kelishdi.
Bir oz muddat oynalarni yuvishdi.
Keyin haligi erkak, ularni abetga
chaqirdi. Ichkariga kirgandan so'ng,
Iroda juda hayron qoldi.
Dasturxonda yo'q narsani o'zi yo'q
edi. Xamma nozu ne'matlar, shirin
shirin taomlar bor edi.
Ovqatlangach, erkak, ularga ichkilik
tavsiya qildi. Ovsini ichdi, ammo,
Iroda uyga borishi kerak ekanligini
aytib, ichmaslik yo'lini qidirdi. Erkak
bo'lsa, o'zim olib borib qo'yaman dedi.
Ovsini ham, Irodani ichishga
majburlay boshladi. Irodani
qulog'iga ichmasang bo'lmaydi,
odobsizlik bo'ladi deb aytgandan
so'ng, Iroda noiloj ichdi. Bir ozdan
so'ng boshi qattiq aylana boshladi.
So'ng, sal o'ziga kelgach, o'zini
yotoqxonada bir ahvolda ko'rdi.
Eshikdan boyagi erkak, qo'lida qadax
bilan kirib kelardi. Iroda qattiq
qo'rqib ketdi. Nimalar
bo'layotganini, nimalar bo'lganinini
eslashga urinardi. Ammo hech
narsani eslay olmasdi. Yonidagi
to'shakni olib, ustiga yopdida xaliga
erkakka yalinishni boshladi.
"O'tinaman sizdan, meni qo'yib
yuboring. Axir, axir chillasi
chiqmagan kelinchak bo'lsam,
o'tinaman sizdan, meni qo'yib
yuboring. "Ko'zlaridan yoshlar oqa
boshladi. haligi erkak bo'lsa, Irodaga
yanada yaqin kelardi. Iroda nima
qilishini bilmasdi. Hech qachon
bunday bo'lishi mumkunligi haqida
o'ylamagan qiz, faqat yig'lardi va
o'tinib haligi erkakdan
yaqinlashmaslikni so'rardi xolos.
Haligi erkak, Irodaga yaqin keldida,
"bunga men aybdor emasman, chillasi
chiqmagan kelinchakni ko'chaga
chiqarib qo'ygan, eringiz aybdor".
Iroda boshqa hech narsa demadi.
Ko'zlarini yumdi. Bir oz muddatdan
so'ng, ko'zlarini ochdi. Yonida katta
idishda shokolad, pastroqda esa
chiroyli liboslar. Iroda turdida,
kiyinib oldi. Stolni ustida ikkita
quticha bor edi. Biri kichkina quticha.
Ichini ochdi. Ichida o'zi orzu qilgan
o'sha rasmdagi uzuk edi. Ikkinchisida
esa, unga moslab olingan tumor bor
edi. Iroda tashqariga chiqdi. Hovlida
ovsini uni qo'lidan ushlaganda va
ahvolini so'raganda, sal bo'lsa ham
o'ziga keldi. Ungacham bo'lgan
voqealar unga xuddi tushdek
tuyilgandi. Ular mashinaga
o'tirishdi. Bir maxal ichkaridan
boyagi erkak, to'xtanglar deb
baqirdi. Mashina to'xtadi.Erkak orqa
eshikni ochdida, Irodaga boyagi ikki
qutichani berdi. Mashina ketishda
davom etdi. Oradan bir xafta o'tdi.
Iroda o'ziga kela olmasdi. Turmush
o'rtog'ini yonida bo'lganida esa,
o'sha mash'um kun, yana
qaytarilayotgandek tuyilar edi. Shu
sabab ham, u eridan o'zini olib qocha
boshlagandi. Qaynonani javrashlari
ham, endi Irodani qulog'iga kirmasdi.
Ko'zini bir nuqtaga qadagancha, jim
yurardi xolos. Ichida esa, qattiq
o'rtanar, nima qilishni bilmas edi. Bu
ahvolini ko'rib, ovsini bir kuni uni
chetga tortida, gaplashib oldi. "Iroda
bilasizmi, men xam sevib turmush
qurganman. Ammo ahvolni bilasiz,
xech narsaga imkon yo'q. Meni xam
o'z orzularim bor. Iltimos qilaman,
bunday yurmang. O'zingiz uchun
bo'lmasa, xech bo'lmasa men uchun
iltimos sizdan. Eringiz o'sha kuni
nima bo'ldi deb so'radi. Aytishicha
o'sha kundan beri o'zgarib qolgan
ekansiz. Iroda, iltimos men uchun
bunday yurmang. Iltimos qilaman!
Shu vaqt uyga, mexmonlar keldi. Bu,
Irodaning ota onasi edi. Ular nixoyat
qizini turmush qurganini tan olib,
uni ko'rgani kelishgandi aslida.
Xursand bo'lishi kerak bo'lgan
Irodani bo'lsa, ko'ngliga qil
sig'masdi. Hamma dasturxon ustida
kulishib suxbat qilishardi. Faqat u
yerda Iroda yo'q edi. Bir maxal,
Elmurod Irodani chaqirdi. Ovozi
chiqmadi. Ikki marta, uch marta
chaqirdi. Ammo javob ovozi kelamdi.
Elmurod sekin o'rnidan turib,
xotinini qidirishga tushdi. Ammo u
uyda emas edi. Shunda xamma
yig'ilganlar, uni qidira boshladi.
Ko'chadan, qo'ni qo'shnilardan. Ammo
hech qanday foydasi bo'lmadi.
Ko'chada o'ynab yurgan bir bolakay,
Elmurodni yoniga kelib, kelnoyim jar
tomonga ketdilar, deb aytdi. Irodani
uyidan sal pastroqda katta jar bor
edi. Jar, shu qadar katta ediki, uni
tubi ko'rinmasdi. Uydagilar sekin jar
tomonga yo'l olishdi. Jarga yaqin
qolishganda, Irodani ro'molini topib
olishdi. Ro'mol yerda yotardi.
Elmurod yugurdi. Jarni uchigacham
bordi. Ammo u yerda Iroda yo'q edi.
Jarni boshida bir narsa
yaltiraganini ko'rgan ovsini, sekin
borib yaltiragan narsaga qo'l
cho'zdi. Bu o'sha tilla uzuk edi. Ovsini
bildi nega bunday bo'lganini va Iroda
qayerda ekanini. Sekin pastga
qaradi. Hech narsa ko'rinmas edi. U
o'lgan dedi, ovsin o'ziga o'zi. Irodani
o'lganini bilsada, ammo uydagilarga
xech narsani ayta olmasdi. Oradan
bir kun o'tib, Irodani yo'qolganlar
ro'yxatiga qo'shishdi. Elmurod bo'lsa,
har kuni uni izlar, ammo topolmas
edi. Qaydan ham topsin, axir u
o'lgan. O'lganini bilgan odam esa,
hech qachon bu gapni ayta olmaydi.
Bu ibratli hikoya sizga yoqadi degan
umiddaman. Hikoyani avtori
menmas. Xato va kamchiliklari bo'lsa
oldindan barchangizdan uzr
so'rayman. Alloh o'zi bizni nafs
balosidan asrasin. Shuni
unutmangki: Bu dunyoda barcha
gunoh kechirilishi mumkin. Ammo
xiyonatmas.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 59
Irodaga ovsini gaz bergan to'chna.
Ey shoir ko'zing och.
Bugun O'zbek qizining.
Ko'pi yarim yalang'och.
. . .
Bozorni egalladi. Kalta yubka, tarang shim. Hatto "moniken"larga.
Qarab keladi g'ashim.
. . .
Bozorlarda qizlar ham.
Shunday kiyimga boqar. Nahot siz go'zallarga.
O'sha kiyimlar yoqar. . . .
Ko'zlarni o'ynatadi.
Ko'krak ochib turishiz.
Hirsni uyg'otvoradi. Soniz ochib yurishiz. . . .
Yigitlar yomon demang.
Qizlar bizdan o'tyapti. Yildan yilga kiyimi.
Tor bo'p, yo'q bo'p ketyapti.
. . . Biroz og'ir botsa ham. Faqir shoir so'zlari.
Kimligizni unutmang.
Ey O'zbegim qizlari