Do'stlarim ko'p, deya sevinma
Xammasi xam do'st bo'lib chiqmas.
Shunday do'stlar borki ortingdan
Ish qilarlar aqlga sig'mas.
Do'stingman deb ishonchga kirib
Atrofingda bo'lar parvona.
So'ng ustingdan berarlar firib
Dod solgaysan bo'lib sarsona.
Pul oldida ketdi ahillik
Ketdi qancha mexr oqibat.
Qoldi chindan do'stim, ko'p yillik
Sen ketmagin, chin do'stim faqat.
Ex shunchalar ustunmi boylik
Ustun bo'lmas do'stdan xech qachon.
Axir ketar pul go'yo loydek
Lekin bitmas do'stlik xech zamon.
Kunlar o'tar, yillar o'tadi
Do'stga muxtoj bo'larsan bir kun.
Qalbing dardga to'lib ketadi
Aytolmayin yig'laysan xun xun.
Yozdim ayrim do'stlar xolini
Uchratmasin bunday nomardga.
Ko'paysin ko'p berib jonini
Chin do'st bo'lib qolguvchi mardga.
Oqibatdan so'z ochgandim men
Oramizdan ketmasin xech xam.
Do'stim shuni unutmagin sen
Chin do'stingman, do'stginam xar dam.
BahroM RashiD 14.05.2015 y
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1