Ajoyib,yosh, go'zal pedagog qizga bag'ishlanadi.
Uchratdim bir go'zal janonni
Pari misol, shirin zabonni
Rost aytayin qo'shmay yolg'onni
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
Aqli raso, husnda tengsiz
Farishtaga o'hshaydi deysiz
Sochi sumbul, chiroyli gulyuz
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
Bo'y bastlari kelishgan ekan
Liboslari yarashgan ekan
Necha oshiq talashgan ekan
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
Baxtli qilsam deyman ul yorni
Ketkazayin dildan g'uborni
Aslo unga bermam ozorni
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
O'qituvchi, ustoz go'zal yor
Na qilayin unda ko'nglim bor
Sevgim kuylab chertay dildan tor
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
Shu go'zalga tolib bo'lsaydim
Yor uchun men g'olib bo'lsaydim
O'lar bo'lsam o'lib bo'lsaydim
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
Umr yo'ldosh etsam go'zalni
Aylantirib taqdir azalni
Bag'ishladim yorga g'azalni
Sevib qoldim men o'shal qizni
Go'yoki bir ko'kda yulduzni.
Bahrom Rashid
23.01.2017
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев