
Boy bo'lsa boyligi
oshib ketsa ham,
Dunyosi dunyodan toshib ketsa ham.
Hech kimga sezdirmay ko'zga olib nam,
Suygani suymasa boy ham yig'laydi.
Garchi havas qilar unga nechalar, Bilmaydi uyqisiz o'tgan kechalar.
U chi... havas qilib sizga qanchalar,
Suygani suymasa boy ham yig'laydi.
Muhabbat oshiqni ko'nglin to'ldirar,
Hiyonat umidning gulin so'ldirar.
O'ldirar oshiqni alam o'ldirar, Suygani suymasa boy ham yig'laydi.
Hudodan yolvorib so'rayman shuni.
Armonda o'tmasin oshiqning kuni.
Ey ahli oshiqlar unutmang buni,
Suygani suymasa boy ham yig'laydi....♥


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев