
Kim paypaslab shamni qidirar, Kim qoqilib yerga yiqilar, Kimdir tokchadagi gugurtni izlar, Mahallada chiroq o'chganda. Kimdir endi taom yemoqda, Yana kimdir ishdan kelmoqda. Kimdir oshxonada ovqat suzmoqda, Mahallada chiroq o'chganda. Kichkintoylar qiy-chuv qiladi, Kim ho'mraygan, kimdir kuladi. Kim uxlagan, kimdir yuradi, Mahallada chiroq o'chganda. Telefonda antenna "o'lgan", Internetda svyaz yo'qolgan. Zaryadka ham juda kam qolgan, Mahallada chiroq o'chganda. Bolalar dars qilolmay qoldi, Kimdir alamini nosvoydan oldi. Ishqiboz futbol ko'rolmay qoldi, Mahallada chiroq o'chganda. Nihoyat, kutganimiz chiroq ham yondi, Kimdir xurrak otar, kimdir uyg'ondi. Kimdir qo'l siltadi, yotdi o'rniga, Kimdir sovigan oshni urdi qorniga. Kimdir chopib borib TV ni yoqdi, Umid bilan ekranga termulib boqdi. Televizorda suhandon qiz kulib qarardi, Ertangi kun dasturlarin e'lon qilardi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев