
Soqol oqarganda,
Beling bukilganda,
Yurishingni ko'rib
Qizchalar kulganda.
Skleroz kuchayib,
Mazging to'kilganda,
Burning ham bodringdek
Burishib so'lganda,
Cho'ntak pulmas, sigaret
Kuliga to'lganda,
Qizmi juvon, farqsiz,
Nervlaring o'lganda,
Kuningga kampiringdan
Bo'lak yaramas payt,
Sen uchun eng yaqin
Bo'lgan zot kimdir, ayt?!
Ayt!
Ayt!
Kimdir, ayt?!
Erta kech bo'ladi,
Shu bugun
Bu yo'ldan qayt!''


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев