Bugun Chorsu bozoriga tushgan edim. Bozor atrofida bir kishi ko‘zimga issiq ko‘rindi. Menga tikilib turganidan bildimki, begona emas. E’tibor bilan razm solsam, bir paytlar osmon meni qo‘limda degan tushuncha bilan ancha-muncha odamga zulm qilib, birodarlarning ustidan gap tashib yurgan nusxa. Meni bir ko‘rishda tanidi. Ichimdan xohlamasam ham borib ko‘rishdim, hol-ahvol so‘ragan bo‘ldim. Ozgina u yoq-bu yoqdan gaplashgach, ish qidirib yurganini, jigarining mazasi yo‘qligi, umurtqa churrasi ham borligi uchun og‘ir ishga yaramasligini aytib qoldi. «Uch kundan beri uyda faqat non-choyga kunimiz qolgan, hech iloji bo‘lmaganidan keyin ko‘chaga nimanidir umidida chiqqan edim», dedi. Shundagina boshdan-oyoq razm soldim; oldingi holidan asar qolmabdi. Yaqin kunlarda tuzukroq yuvinmaganini undan kelayotgan hiddan ham bilish mumkin edi. Ichimdan nimadir to‘sqinlik qilsa-da, o‘zi so‘ragani uchun qo‘liga ozgina pul berdim. «Telefoningizni bering, biror sizbop ish topilib qolsa, xabarini beraman», dedim. Cho‘ntagidan tugmali telefon olib «Pulga ehtiyoj sezib, telefonimni sotib yuborgan edim. Hozircha shuni ishlatib turibman», dedi qimtinib. Xayrlashib ketar ekanman bu dunyo bejiz hisob-kitobli deyilmaganini tushundim. Har qilingan amal, har bir aytilgan so‘zning badali to‘lanadi! Hech kimda birovning haqi qolib ketmaydi. Bu dunyoda hammasi silliq ketyapti, deb xotirjam yurganlar esa OXIRAT degan mahkama borligini eslaridan chiqarmasalar bo‘lgani...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1