Muhabbatga oshno boʻldi qalb,
Koʻhna koʻngil, qaynoq harorat.
Sevgidan mast yurak ishq talab,
Pokiza ishq - buyuk mahorat.
Jozibali, ming bora qarab,
Rom etmoqqa ustasi farang.
Hijronlarda oʻtar kun sanab,
Sevilmoqqa mahtal dil arang.
Muhabbatga oshno boʻldi qalb,
Sogʻinch qiynab, koʻzlar ichikkan.
Bemehrdan dil mehr talab,
Ishq atirgul, ozori tikan...
Sevgan koʻngil suyib hech tolmas,
Ishq bogʻida barq urar kurtak.
Zigʻirdayin mehr boʻlsa bas,
Firoqda ham koʻp sevar yurak.
Muhabbatga oshno boʻldi qalb,
Kapalakday dil nozik uchqur...
Koʻz yumadi hatto million ayb,
Nigoh magʻlub, oshiq koʻz soʻqir.
Sevgan koʻngil oyday yorishib,
Xushhollikdan mastona, mamnun.
Baxtni quchar ishqqa qorishib,
Oshiq dilda ishq kuy - tarannum...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев