Sansiz yurak chaqnamas urmas, Tomirlarda qaynamas qonim. Chunki senla vujudim qalbim, Qaynoq hayot suyukli jonim. Izlaganda birinchi bora, Hayot uchun o'zimga sirdosh. Qayerdandir seni uchratdim, Va sen bo'ldin qalbimga quyosh. Shuning uchun sevaman seni, Shuning uchun mehrimni qo'ydim. Shuning uchun hayotga keldim, Faqat seni, seni tanladim.
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni Bizda ham bor edi matonat bardosh Arslon chorlagandi qoshiga bizni Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh Jami tiriklikka tanish shu xatar Qumursqa yaralgan yoppa talarga Do'stim,alam qilar,arslon bexabar Yem bo'lib ketsak shu qumursqalarga