__Bu juda oson! Astrologlarning
fikriga ko`ra, telefon
raqamining oxirgi soni
psixologiyada o`ziga xos
o`ringa ega. U OMAD chaqirishi,
kishiga RAMANTIK kayfiyat bahsh
etishi va hatto asabiylashtirishi
ham mumkin ekan.
1___Bu juda kuchli raqam. U ijobiy
quvvatingizni oshirib,
atrofdagilarga so`zingizni
o`tkazishga yordam beradi. Bu
raqam sohiblari anchayin
ehtiyotkor bo`lishlari lozim.
Ko`pam omadga ishonib
qolmang. Ammo biznesmenlar
va mansab pillapoyalaridan
ko`tarilish orzusida yurganlar
uchun ayni muddaodir.
2___
Bu raqam romantik kayfiyat
baxsh etishga qodir. Shu sababli
ham yosh juftliklar uchun juda
munosib. U egasiga muloyimlik,
aql bilan ish ko`rish va kishilarni
tushuna olish qobiliyatini
ulashadi. Oxirgi soni “2”
bo`lgan telefon raqamlari o`ziga
ishonganlar va savdo
xodimlariga qo`l keladi.
3__
Bu raqam ijod kayfiyatini o`zida
mujassamlashtirgan. Shu
sababdan ham artistlar, shoirlar,
musiqachilarlarga juda mos. U
ilhomlantiradi va o`z egasiga
mashhurlik olib keladi. Ammo
oldiga aniq maqsad qo`yib,
unga tomon intilayotlarga
tavsiya etilmaydi.
4___
Bu raqam turg`unlik, ishonch va
kuch olib keladi. Shuning uchun
bank xodimlari, advokat va
firma rahbarlariga undan
foydalanish tavsiya etiladi. Agar
katta oilangiz bo`lishini
istasangiz aynan shu son bilan
tugaydigan yangi raqam sotib
oling.
5__
Bu son sarguzasht va turli
qiziqarli vaziyatlarni jalb qilishga
qodir. Shu bois uning sohibidan
har narsani kutish mumkin.
Yolg`izlikni, sayohat qilishni va
erkinlikni yoqtiradiganlar
tanlovi. Shuningdek bu son
egasining mas`uliyatsizligidan
ham darak berishi mumkin.
Oilaparvar va ruhiy muammoga
duch kelgan kishilar undan
uzoqroq bo`lganlari afzal.
6__
Oilaparvarlar uchun eng yaxshi
tanlov. U iliqlik, g`amxo`rlik va
himoyani o`zida
mujassamlashtirgan. Ammo
juftini izlayotganlar oxiri “6”
bilan tugaydigan raqamlarini
o`zgartirganlari ma`qul.
7__
Ha, bu sonni xech ikkilanmay
g`aroyibotlarga boy deb aytsa
bo`ladi. U faylasuflar, hayot
haqida fikr yuritishni
yoqtiradigan kishilar uchun
yaratilgan. Son ichki
quvvatingizni va o`zingizga
bo`lgan ishonchingizning
ortishiga yordam beradi.
8__
Pul chaqirish xususiyati tufayli
tadbirkorlar uchun ayni
muddao. Shuningdek u
hamkasblar va sheriklarning
sizga nisbatan ishonchi
ortishiga ham yordam beradi.
Bu son egasining ishbilarmon,
tejamkor va qobiliyatli ekanini
ko`rsatib turibdi.
9___
Rahmdillik va hamdardlik “9”
soni bilan tugaydigan telefon
raqami sohiblariga xos eng
asosiy xususiyat. Uni tibbiyot
xodimlari yoki hayriya ishlari
bilan shug`ullanishni xush
ko`ruvchi kishilar tanlaganlari
maqsadga muvofiq.
Aytishlaricha omad mabudasi
Fartuna ham shu sonni xush
ko`rgan ekan. Biroq biror
xastalikdan aziyat chekuvchilar,
shuningdek, moliyaviy ahvoli
tang turganlar undan ehtiyot
bo`lishlari lozim.
0__
Atrofdagilar bilan oson
chiqishib ketadiganlarning
omadli soni hisoblanadi. Bu
raqam orqali hamkor topish,
sherikchilikda ish qilib,
birgalikdagi loyihalarni
muhokama qilish doim omad
keltiradi. Jamoa bo`lib
ishlaydigan insonlar xech
ikkilanmay “0” bilan
yakunlanadagan telefon
raqamini tanlayversinlar.___
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 33