Kamtar bo'l kamtar bo'l kamtar bo'l inson
Bilib qo'y topmoqdan yoqotmoq oson
Hech qachon berilma kibr-u havoga
Manmanlik yomondur manmanlik yomon
Do'st bor dasturxonda oshingni yeydi
Do'stlar bor maydonda boshingni yeydi
Yiqilsang qo'l cho'zmas battar bo'l deydi
Manmanlik yomondur manmanlik yomon
Uch narsani doim qochgin zarbidan
Ichkilik, Qarzdorlik, ayol makridan,
Sinib ketish oson shular jabridan
Manmanlik yomondur manmanlik yomon
Doim ota onang yodinga solgin
Qarindosh, qondoshdan sen habar olgin
Kamtarlik darsini mukammal bilgin
Manmanlik yomondur manmanlik yomon
Qora dog' tushmasin dilingni asra
Pul topsang kerilma fe'lingni asra
O'zingni bosib ol tilingni