Ming afsus yoningga qaytaolmayman,
Lekin nima qilay kechaolmayman?
Yoʻqotib boʻlganman allaqachonlar!
Jimsan Sogʻinchlaring bagʻring ezsa ham,
Har kun mensizliging qilganda alam,
Hislaring roʻyobga chiqarolmaysan,
Yoʻqotib boʻlgansan allaqachonlar!
Jimman Hotiralar ezsa ham bagʻrim,
Sukut saqlagayman yetguncha sabrim,
Ichimga yutaman, hattoki qahrim,
Ayrilib boʻlganman allaqachonlar!
Jimsan Jim koʻnasan qilasan sabr,
Yoʻqsa, oʻz holingga qilasan jabr,
Oʻzganing yorisan endi sen ahir,
Ayrilib boʻlgansan allaqachonlar!
Jimman Sen baxtlisan yoring-la deyman,
Lekin nima qilay tinmay eslayman,
Oʻzgani sendayin sevaolmayman,
Men sevib boʻlganman allaqachonlar!
Jimsan Ich-ichingda yigʻlaysan doim,
Chiqarsang boʻladi qiyomat qoyim,
Unda oshiq emas, atashar hoin,
Sen sevib boʻlgansan allaqachonlar!
Jimman Yuragimda yonsa ham olov,
Yorim deb yurganing men emas birov,
Indamam sochimga qoʻnsa ham qirov,
Jim koʻnib boʻlganman allaqachonlar...!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев