2017 yilning 13 noyabr kuni Toshkent GUVDsi tomonidan qoʻlga olingan 52 yoshli Nasiba Uzoqova 12 kun davomida qiynoqqa tutilganini aytmoqda. Tergov ishi tugagach onasi bilan uchrashgan Aziza Uzoqovaning aytishicha, boshiga dubinka bilan urilgan onasining burnidan yiring oqmoqda.
"Onamning aytishicha, 12 kun davomida bolasi tengi erkaklar boshiga qora tselofan taqib, yerga yotqizib tepkilashgan. Boshiga dubinka bilan urishgan. Toʻgʻri kelgan joyiga urishgan. Zarba natijasida hali ham burnidan yiring oqmoqda. Nima kasalligini bilmasak ham oʻzimiz qoʻldan kelguncha dori kirityapmiz", deydi Aziza Uzoqova.
Nasiba Uzoqova, uning qizi Umida Uzoqova va oʻgʻli Muhammad Amin Abdurahmonovlar ustidan tergov jarayoni tugagan.
Aziza Uzoqova bilan suhbatni BBCUZBEK.COM ning YouTube dagi kanalida tinglang: https://www.youtube.com/watch?v=RnmUBCmumdw&feature=youtu.be Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244- moddasi boʻyicha ayblanayotgan bu shaxslar dastlabki tergov davomida qiynoqlarga tutilganini aytgan.
Ikki oydan soʻng oʻtkazilgan ichki tekshiruv va ekspertiza ayblanuvchilarning badanida qiynoq izlari topilmagani uchun ularga nisbatan qiynoq qoʻllanilmagan degan xulosani bergan.
BBC Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan bogʻlanib ushbu holat yuzasidan izoh olishga harakat qildi.
Bir muddat Facebook da "Toshkent IIBB matbuot xizmati" deb rus tilida ochilgan va keyinchalik yoʻq boʻlib qolgan sahifadagi telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qildik.
Biroq u yerda goʻshakni koʻtargan xodimlardan joʻyali javob olishning imkoni boʻlmadi.
Toshkent IIBB odamlar orasida obroʻsini koʻtarish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilinayotganini taʼkidlagan.
"Biz hatto huquqbuzarlar bilan ham xushmuomala boʻlishimiz kerak, ular baribir qonun oldida javob berishadi. Biz ijrochilarmiz. Agarda ular xato qilishgan boʻlsa, tushuntirish kerak. Jazoni sud tayinlandi, huquqbuzar qonun oldida javob berishi kerak, bizning oldimizda emas. Buni ichki ishlar organlari xodimlari ham tushunishlari kerak", - degan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Toshkent IIBB boshligʻi Rustam Joʻrayev 12 mart kuni jurnalistlar bilan muloqotda. BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://www.bbc.com/uzbek/world-68975778 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда
https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Би-би-си мавзуни ўрганишга ҳаракат қилди.
...https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-68972633 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7
Sizlar uchun qasosda hayot bor, ey, aql egalari! (Bu bilan) shoyad (jinoyatlardan) saqlansangizlar. (Baqara-179)