Kapita Barbarossa kim bo'lgan?
Barbarossa, Borborus — Usmonli turk imperiyasi harbiy-dengiz floti arboblari — aka-uka Bobo Uruj (1473 - 1518) va Xayruddin (1483 -1546)ga yevropaliklar tomonidan berilgan nom. B. so‘zi nemischa bo‘lib, "qizilsoqol" degan ma’noni anglatadi. Germaniya qiroli Fridrix I qizg‘ish soqolli bo‘lganidan shunday deb atalgan edi. Shunga ko‘ra, yevropaliklar qizg‘ish soqolli Bobo Uruj va Xayruddinni ham B. deb ataganlar (ayrim tilshunoslar B. so‘zi Bobo Uruj ismining noto‘g‘ri talaffuzi deb taxmin qilishadi). Bobo Uruj va Xayruddin Egey dengizidagi Mitilena o.da islomga kirgan kambag‘al grek-kulol oilasida dunyoga kelgan. Bobo Uruj taxminan 20 yoshlarida ukasi Xayruddin b