http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42038121?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit Moskvada ijara haqini 1 oy toʻlay olmagani sababli 36 yoshli Ulugʻbek Umarov xonadon egasining tanishi tomonidan pichoqlandi.
Uning joniga qasd qilishni uyushtirgan uy egasiga chora koʻrilmayotganini aytmoqda.
"Men ularga 1 oyga qarz boʻlib qoldim. Sababi, uyga taʼtilga ketgandim. Qaytib kelaman deb, u yerda kiyimu buyumlarimni qoldirganman. Toʻgʻri, bir ish bilan uyda ikkinchi oyga qolib ketdim. Kelishimga yaqin uy egasi qachon kelishimni soʻrab tinmay telefon qildi. Vaqtini aytdim. Kech soat 18 yarimlarda bir ogʻaynim bilan ijara uyimga bordik" - voqeani gapirib berdi Ulugʻbek.
Videolavhani BBC O'zbek xizmatining YouTube dagi kanalida ham tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=S6P1IWuucLI&feature=youtu.be Unga koʻra, 23 oktyabr kuni Varshavskoye shosse koʻchasi 54-uyda Ulugʻbekni uy egasining kelini va gruzin millatiga mansub notanish shaxs kutib olgan. Bir oy uchun toʻlanmay qolgan ijara haqi yuzasidan mojaro boʻlib oʻtgan.
- Yonimda 17000 rubl va 2200 AQSh dollari miqdorida pulim bor edi. 15 ming rublni ijara uchun beraman, deb borgandim. Ammo mendan pulni 2 barobar (30 000 rubl) toʻlashimni talab qildi, - deydi Ulugʻbek.
Mojaro ortidan notanish shaxs Ulugʻbekning chap koʻksiga pichoq sanchgan.
- Olti daqiqacha oʻzimni yoʻqotganim yoʻq. Uy egasini kelini "pul-pul, pulni opkel" deb baqirdi. Zoʻrgʻa sumkamni ochib, 17 000 rubl pulni olib unga berdim. Tashqari yoʻlakka chiqib, oʻsha yerda agʻdarilib yiqildim.
Ulugʻbekning hamrohi qoʻshnilar politsiya va "Tez yordam" chaqirishgani va shu voqealar oraligida uning qolgan pullari yoʻqolganini aytadi.
Jinoyat sodir qilgan shaxs Moskva Janubiy maʼmuriy hudud politsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
- 23 oktyabr kuni kech soat 19 larda pichoq bilan bosqinchilik qilinganligi haqida maʼlumot kelib tushgan. Ayblanuvchi hibsga olingan. Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari olib borilayapti, - maʼlumotni tasdiqladi Nagatino-Sadovniki tumani politsiya boʻlimi navbatchisi.
Tuman tergov qoʻmitasi ayblanuvchining yonidan 900 dollar va 1000 rubl pul topilgani haqida maʼlumot berdi.
Ulugʻbek Umarov 8 kun jonlantirish boʻlimida, soʻngra 7 kun shifoxonada davolangan. Ayni paytda klinikaning kunduzgi boʻlimida sogʻligini tiklash muolajalarini davom ettirmoqda.
Ulugʻbek unga advokat va tarjimon berilmagani, tergov ishlari tashlab qoʻyilgani, uning joniga qasd qilishni uyushtirgan uy egasiga chora koʻrilmayotganidan noroziligini bildirmoqda.
"Bularning hammasi oʻzbekligim uchun, deb oʻylayman" - deydi Ulugʻbek.
- Sogʻligimni yoʻqotdim. 5-6 oy ishlay olmayman. Na pulim bor, na sogʻligim. Oʻsha 900 dollarimni ham berishmayapti, ish choʻzilib ketayapti. Hozir tergov jarayonidaligi uchun uyga ketishimga ham ruxsat berishmayapti. Juda qiyin ahvoldaman, buni soʻz bilan tushuntira olmayman. http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-42038121?ocid=wsuzbek.social.organic-post.ok.._.edit
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Энди Германия олти нафар Марказий осиёликни худди шу гуруҳ номидан террорчилик ҳужумлари қилишни режалаганликда расман айблади.
...https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68875576 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
https://youtu.be/4FvMd7Uwty0
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Tafsilotlari ilova qilingan linkimizda/
https://www.bbc.com/uzbek/lotin-68883516 Xonanda o'zini kamsitib, haqorat qilganlar kimlar ekanligi haqida nima dedi?
...https://www.bbc.com/uzbek/world-68892546 Тафсилотлари учун илова қилинган линкимизни босинг.
https://www.bbc.com/uzbek/central-asia-68890816
https://www.bbc.com/uzbek/world-68883259 Тафсилотлари илова қилинган линкимизда.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 19