AQSh bosh diplomati ikki kun avval Shanxayga yetib kelganida Xitoy yuksak martabali mehmonlarga xurmat ifodasi sifatida qizil gilam to'shash an'anasidan tiyildi. Blinkenning shu tariqa qabul qilinishi Pekindan Vashingtonga norozilik signali sifatida talqin qilinmoqda.
AQSh Kongressi Xorijiy yordam to'g'risidagi qonunlar paketini qabul qilib, Ukraina, Isroil va Tayvanga jami 95 milliard dollarlik yordam ko'rsatishga qaror qilgan. Yordamning 8 milliard dollari Tayvanning Xitoy tahdidlaridan himoyalanishiga ajratiladi.
Shuningdek, yangi qonun Xitoy kompaniyasiga "TikTok" platformasining AQShdagi aktivlarini Amerika tomoniga sotish majburiyatini yuklaydi. Aks holda, "TikTok" AQShda bloklanadi.
"AQSh va Xitoy raqiblar emas, hamkorlar sifatida bir-birini qabul qilishi, birgalikda taraqqiy etish uchun o'zaro murosa yo'llarini topishi kerak", - dedi Xitoy rahbari.
AQSh davlat kotibi ham Vashington har ikki tomon o'zaro ixtiloflarga diplomatik yechim topish bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini ma'lum qildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев