AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bugun Pekinda Xitoy prezidenti, tashqi ishlar vaziri va jamoat xavfsizligi vaziri bilan uchrashdi. Xabarlarga ko’ra, Blinken mazkur uchrashuvlarda ikki davlat aloqalaridagi og’riqli masalalarni ko’targan.
Blinken va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi ikki mamlakat o’rtasidagi tushunmovchiliklar va noto’g’ri hisoblar xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkinligini tan olarkan, aloqa kanallarini ochiq tut...
Ukraina tomoni bedarak yo’qolganlar halok bo’lganmi, qamoqdami yoki hibsda ushlanyaptimi, aniq bilmaydi. Rossiya tomoni bu borada ma’lumot taqdim etmagan.
Oq uy qoshidagi AQSh Savdo vakili idorasining yillik hisobotiga ko'ra, O'zbekiston intellektual mulkni himoya qilish uchun salmoqli qadamlar tashlayotgan davlatdir. Idora dunyo bo'ylab vaziyatni monitoring qilib boradi va yillardan beri O'zbekiston va qo'shni davlatlarni mualliflikka doir huquqlarni himoya qilmayotganlikda, tartibga solmaganlikda tanqid qilib keladi.
AQSh Armaniston, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Paragvay, Peru, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Ukraina, O'zbekiston va Vyetnam bilan o'zaro choralarni kuchaytirish haraka...
- Blinken va Si AQSh-Xitoy ziddiyatlarini muhokama qildi - AQSh va Yevropa universitetlarida Falastinga xayrixoh namoyishlar - Hindistonda parlament saylovlarining o’tkazildi
Oyog'i ostiga qizil gilam to'shalmagan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy rahbari Si Zinpin qabulida, Pekin, 26-aprel, 2024. AQSh bosh diplomati ikki kun avval Shanxayga yetib kelganida Xitoy yuksak martabali mehmonlarga xurmat ifodasi sifatida qizil gilam to'shash an'anasidan tiyildi. Blinkenning shu tariqa qabul qilinishi Pekindan Vashingtonga norozilik signali sifatida talqin qilinmoqda. AQSh Kongressi Xorijiy yordam to'g'risidagi qonunlar paketini qabul qilib, Ukraina, Isroil va Tayvanga jami 95 milliard dollarlik yordam ko'rsatishga qaror qilgan. Yordamning 8 milliard dollari Tayvanning Xitoy tahdidlaridan himoyalanishiga ajratiladi. Shuningdek, yangi qonun Xitoy kompaniyasiga
AQSh bo'ylab universitetlar talabalari G'azoda urushni to'xtatish talabi bilan namoyish o'tkazar ekan, isyon to'lqiniga poytaxt Vashingtondagi Jorjtaun universiteti talabalari ham qo'shildi. "Falastinga ozodlik!", "Genotsidni to'xtat!", "Okkupatsiyani bas qil!" degan xitoblar yangradi. Namoyishda turli e'tiqod vakillari qatnashdi.
Keniyada toshqindan keyingi manzara, Nayrobi shahri, 25-aprel, 2024. Mamlakatda toshqinlar tahdidi kuchaygan mavsum: mart oyidan beri kamida 45 kishi halok bo'lgan. Toshqin qurbonlarining 10 nafari joriy haftada jon bergan.
AQSh 2015-yildan beri Markaziy Osiyoning besh respublikasi bilan siyosiy dialog olib boradi. Bu platforma C5+1 deya tanilgan. Bu yili B5+1 yo'lga qo'yildi. Unda biznes aloqalar muhokamada. Bu hafta esa Vashingtondagi aql markazlaridan biri bo'lmish Jeymstaun jamg'armasida Green+1 tashabbusi tanishtirildi. Unda e'tibor iqlim va atrof-muhit muhofazasida.
Vashingtondagi aql markazlaridan biri bo'lmish Jeymstaun jamg'armasida Green+1 tashabbusi tanishtirildi. Unda e'tibor iqlim va atrof-muhit muhofazasida.
Ukrainaning Siversk shaharchasida mana ikki yildirki na elektr energiyasi, na gaz, na suv bor. Kanalizatsiya ham ishdan chiqqan. Bir paytlar 12 mingdan ortiq aholi yashagan shaharcha bo’shab qolgan.
Напишите, что Вы ищете, и мы постараемся это найти!
Левая колонка
О группе
"Amerika Ovozi" Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio tizimi bo'lib, 47 tilda efirga chiqadi. 1942-yilda tashkil topgan bu axborot vositasi dunyo bo'ylab har hafta 236 million odamga yangilik va ma'lumot yetkazadi.