1. 1947-yilda avtomatni ixtiro qilgani uchun Mixail Kalashnikov Stalin mukofoti va Qizil Yulduz ordeni bilan mukofotlangan. Mukofot 150 ming rublni tashkil etgan. Bu pulga oʻsha paytda deyarli 10 ta "Pobeda" avtomobilini (oʻshanda bu avtomobil 16 ming rubldan boʻlgan) sotib olsa boʻlardi.
2. Avtomat 1949-yilda qurolli kuchlarda foydalanila boshlangan.
3. Sovetlar davrida Kalashnikov avtomatini yigʻish va sochish boshlangʻich harbiy tayyorgarlik minimumi sifatida kiritilgan.
4. Kalashnikov avtomati ishlab chiqarishda soddaligi uchun unchalik qimmat turmaydi. Ayrim mamlakatlarda u tovuqdan ham arzonroq turadi.
5. Kalashnikov avtomati "dunyodagi eng keng tarqalgan qurol" sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Hozirgi kunda dunyoda 100 mln AK atrofida mavjud.
6. Ayrim Afrika mamlakatlarida Kalashnikov avtomati sharafiga yangi tugʻilgan chaqaloqlarga - Kalash deb ism berish urf boʻlgan.
7. Hisoblashlaricha, AKdan artilleriya oʻqlari, aviabomba va raketa hujumlariga qaraganda koʻproq odam oʻldirilgan. Har yili AK oʻqlaridan 250 mingdan ortiq odam halok boʻlar ekan.
8. Afsonaviy rossiyalik qurolsoz Mixail Kalashnikov butun umri davomida qurolni qotillik uchun emas, himoya uchun ixtiro qilganini aytgan: "Men tinch uxlayman, chunki har doim himoya uchun qurol yasaganman. Bu siyosatchilar bu bilan kelishmasdan, uni qotillik uchun ishlatishyapti".
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев