boqib,
O'yladim hayolan o'tgan umrimni.
Men keldim Onamning qornini qoqib
Lek afsus ko'rmayin qoldim Damni.
Demak ikkimiz ham o'rin almashib
Diydorni maxsharga qildik nasiya.
Men keldim dunyoga rostdan adashib
Dadam jonin menga qildi hadiya.
Sung hayot beshigim tebrata ketdi
Yaratgan Yodgor deb qo'ydi ismimni
Onam esa oxir murodga yetdi
Dadasis ko'rardim o'tgan kunimni.
Oq sutin ayamay qornim to'yg'azib
Oq yo'rgak oralab bo'yga yetkazdi.
Menga go'shlar berib O'zi non gajib
Har kunin onajon shunday o'tkazdi.
Kun o'tdi oy o'tdi maktab yoshida
Salanglab yurardim Onam qoshida.
Kunda kitob yirtib to'polon qilib
Chiqim tayorlardim har maoshiga.
O'zi kiymaganin bilmasdim essiz
Bir ko'ylak yana bir rumoli rangsiz.
Yurardi kovishda bilmasdim buni
Ox men shunday farzand shunchalar yussiz.
Ulg'aydim bo'ylarim bo'yga teng bo'lib
Semirib qolgandim yuzlarim to'lib.
Yonimga bir bora boqib qo'ymapman
Onam esa qolgandi erta kun so'lib.
Axiyri boshimga bir aqil tepdi
O'z bo'ynimga oldim tirikchilikni.
Do'stim pista sotsam attorchi debdi
Aybi bo'larmidi yigitchilikni.
Onam bechorani ancha qiynadim
Mana 16 yil rosa o'ynadim.
Endi sekin asta ko'cha kuylarda
Katta hayotga ham sekin bo'yladim.
Uyda xotiri jam yuzida quvonch
Duoda qo'llari onam kutardi.
Har kuni yangi baxt yangi hodisa
Meni omadlarim yo'lda kutardi.
Bir necha yil qurtob pistalar sotib
Sovuq qirovlarda muzlarday qotib
Yetdim murodimga orzularimga
Issiq saratonda, yomgurda yotib
Yigirmaga kirdim bo'yimda bo'y bor
Har kuni yo'ldaman yo'limda yo'l bor.
Ming shukur Hudoga oshigim olchi
Har ishni o'ylayman o'yimda o'y bor.
Yana sekin asta onamga boqdim
Darvoza ortida o'tiradi jim.
Hayriyat hotir jam eshikni qoqdim
Quvondi keldi den jonajon o'g'lim.
Uyimda farishta sarishtam onam
Oqilu donodur har ishda onam.
Baxtimga sog' omon yursangiz deyman
Kirib yuring siz ham ming yoshga ONAM


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3