Hattoki topilsa etguvchi taqlid.
O'zingni sanayver dunyoda baxtlik:
Demak sen tiriksan, demak hayotsan!!!
Yerga urar bo'lsa, yuz, qoshingni ham,
Eslashib kulishsa, ko'z yoshingni ham.
Hatto, egningdagi, ust-boshingni ham;
Demak sen tiriksan, demak hayotsan!!!
Kimsalar, yoningda do'st bo'lib turar,
O'grilsang, ortingdan, xanjarin urar.
Hozirgi odamlar til bilan yurar,
Demak sen tiriksan, demak hayotsan!!!
Komil insonningda, dushmanlari bor,
Ba'zilar nomingni xor etar, takror.
Bilki qayeringdir undan ustuvor:
Demak sen tiriksan, demak hayotsan!!!
So'nggi, borar so'qmoq, manzilgoh qabr!
Bo'xtonu ig'volar gar jonga jabr.
Shunda ham Alloh deb aylagil sabr!
Demak sen tiriksan, demak hayotsan!!!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев