Sevgi kimga o'yin, kimgadir orzu.
Kimgadur azizu, kimgadir kulgu.
Qadrlang axir u ilohiy tuyg'u.
Do'stlarim xor qilmang Muhabbatni siz.
Seving faqat chindan, seving chin dildan.
Vafoli yor bo'ling kelsa gar qo'ldan.
Ishq yo'li uzundir adashmang yo'ldan.
Do'stlarim xor qilmang muhabbatni siz.
Yurak azoblansa qiling siz toqat.
Sabrning doimo oxiri rohat.
Qo'lingiz yetgancha intiling faqat.
Do'stlarim xor qilmang muhabbatni siz.
Sevgi kechirmaydi xiyonatni hech.
Do'stim dilingdagi tugunlarni yech.
Qadriga yet erta bo'lmasinda kech.
Do'stlarim xor qilmang muhabbatni siz.
Sevgi bu chashmadir suvlari zilol.
Kim sevsa oshnodir unga baxt-iqbol.
Sizga bir iltimos kelmasa malol.
Do'stlarim xor qilmang muhabbatni siz.
Qadrini bilsangiz sizni baxt kutar.
Bir go'zal janona qo'lingiz tutar.
Agar xor qilsangiz uvoli tutar.
Do'stlarim xor qilmang muhabbatni siz.
Noto'g'ri tushunmagan bo'lsam ikkalangiz birbiringizmi sevasiz. Qandaydir xato uchun urushgansizlar. Iltimos muhabbatni xor qilmang mening dilim og'riydi sevgi buyuk tuyg'u uni qadrlang bir-biringizni aldamang iltimos.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев