Предыдущая публикация
Sen ko'zlari munchog'im,
Xudo bergan ovunchog'im,
Kel to'ldirgin quchog'im,
Asal qandim bolajon,
Erkalab men o'zingni,
O'pib qo'yay yuzingni,
Tinglay xar bir so'zingni,
Asal qandim bolajon,
Farishtamsan men uchun,
Dunyoyimsan men uchun,
Yashayapman sen uchun,
Asal qandim bolajon,
Qo'lingni ber qo'limga,
Quvonch berding dilimga,
Foydang tegsin elimga,
Asal qandim bolajon,
Ko'ngli toza beg'ubor,
Qalbing ichra yo'q g'ubor,
Senda baxtning o'zi bor,
Asal qandim bolajon!...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2