Yo'l ayroyu dil tutashganim.
Bugun yana tushar yodimga,
Senla kulib xayrlashganim.
U payt qo'ling ushlay olardim,
Soching tortish go'yo tush edi.
Qulog'ingdan tishlay olardim,
Faqat ko'nglim biroz bo'sh edi.
Kirar edim har bitta darsga,
Yonginangda o'tirish uchun.
Men borardim o'sha maktabga,
Asli seni bir ko'rish uchun.
Yig'lamayman nega yig'layman?
Behudami ko'krak kerganim.
Yodingdami yo'qmi bilmayman,
Darslaringni qilib berganim.
Ertak bo'lib qoldi u kunlar,
Yamab bo'lmas qalb sinig'ini,
Bugun tinglab yurak dukkillar,
Qo'ng'iroqning chinqirig'ini.
She'rga biroz yolg'on ham qo'shdim,
Tushinginda tuzatganimni,
Qanday qilib aytaman axir,
Seni yig'lab kuzatganimni.
Zamin titrar ohu dodimga,
Yo'llar biru dil ajrashganim.
Takror takror tushding yodimga,
Kulib kulib xayrlashganim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3