Предыдущая публикация
Qolganin ko'raman to'zimdan.
Bariga bir Xudo guvohdir,
Men juda xafaman o'zimdan!
😔😔
Topinganim tutganim xato,
O'zi uchun yig'lar ham odam.
O'ligini ko'rsatmas hatto,
O'limini bilganda it ham.
😔😔
Topolmaysan sen ham meni hech,
Unutaman unutaman umidvorlikni.
Qasam ichib aytaman har kech,
Unutmayman intizorlikni.
😔😔
Hamroh bo'lar menga yer osmon,
Meni chorlar gul, farishtalar.
Eslamayman seni hech qachon,
Uzuladi hamma rishtalar.
😔😔
Bariga shu Xudo guvohdir,
Xafaman shu aytgan so'zimdan.
Bas,yetar, qolgani gunohdir,
Qolganin ko'raman faqat o'zimdan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Endi menga baribir kelsang, kelmasang.
Qo'lingdan kelsa gar osmonni tashla,
Endi menga baribir sevsang, sevmasang!
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim,
Xop, telba ko'nglimga cho'pchaklar aytdim.
Aldashni o'rgandim yurakni boplab,
Daryoga oborib sug'ormay qaytdim.
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim,
Tili bo'lsa aytsin shu to'rt devorning.
Endi men sira ham yig'lamay qo'ydim,
Qo'limga olmayman qaytib ishq torni.
Sog'ina, sog'ina, Sog'inmay qo'ydim,
Ahir ne orttirdim kuyib-kuyinib.
Yashayman endi men bir odam bo'lib,
Qornim to'q,ustim but,shunga suyinib.
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim,
Ko'ksimga bir mushtlab oxir unutdim.
Endi sen kimsanu nedir muhabbat,
Bu o't peshonamni qismatga tutdim.
Sog'ina, Sog'ina Sog'inmay qo'ydim..