Предыдущая публикация
AQShning IBM korporatsiyasi dunyoda eng tezkor "Sequoia" superkompyuterini yaratdi. RATA-TASS muxbirining xabar berishicha, ushbu superkompyuter 6,7 milliard odam 320 yil davomida oddiy kalkulyatorda amalga oshiradigan hisob-kitobni bir soatda uddalay oladi. U bir soniyada o'n olti ming trillion operatsiyani bajarish imkoniga ega. "Sequoia" Linux operatsion tizimi yordamida ishlaydi. Ma'lumot o'rnida shuni aytish joizki, hozir dunyodagi eng tezkor o'nta kompyuterning uchtasi amerikaliklarga tegishli. Germaniya va Xitoyda ikkitadan, Yaponiya, Fransiya va Italiyada bittadan superkompyuter mavjud.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев