Предыдущая публикация
O'tar ekan umr astalab,
Umrlarga ergashdik biz ham.
Adirlarda lola dastalab,
Xotirada qoldi o'sha dam.
Nima topdim o'tgan hayotdan,
O'ylar qoldi shirin va g'amgin.
O'ylarimga ergashib men ham,
Ba'zan shodman, ba'zida horg'in.
Yo'rg'alayman o'z qirim tomon,
Uzoqlarda ko'rinar umid.
Qancha qir oshsam hamon,
Uzoqlashar qochganday umid.
Meni taqdir imtihon qilur,
Suyanaman xotiralarga.
O'tgan kundan ochgan xotiram,
Boshlar meni lola tomonga.
Teribmiz-a, bearmon, beson,
Ularning ham bormi uvoli.
Xayolimda ayni shu zamon,
Qirlardagi lola xayoli.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2